1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar diqqatiga!

  • Asosiy
  • 1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar diqqatiga!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya Respublikasining Yeungnam universiteti (YU) o‘rtasida tashkil etilgan “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabul qilish boshlandi!

TATU va uning hududiy filiallari hamda IT sohasi bo‘yicha boshqa oliy ta’lim muassasalarida 1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Dastur yo‘nalishlari:
⏺Axborot va kommunikatsiya muhandisligi (Information and Communication Engineering)
⏺Kompyuter injiniring (Computer Engineering)

🗣O‘qitish tili:
- Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur bosqichlari:
1-bosqich: 2 yil davomida TATUda o‘qish.
2-bosqich: qolgan 2 yil davomida YUda o‘qish.

🎓Ikki diplom:
- O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga YU va TATU tomonidan ikkita bakalavr diplomi beriladi.

🆔Talab qilinadigan hujjatlar:
- Pasport nusxasi
- Transkript nusxasi
- IELTS 5.5 va undan yuqori darajadagi sertifikat

❗️Shoshiling, joylar soni chegaralangan!

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
- +998 71-235-09-00
- +998 97-267-44-41