2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi (https://t.me/eduuz/25207).
Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.
Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.
Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.
☝️Ma’lumot o‘rnida, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=5.%20Imtiyozli%20ro%E2%80%98yxatga%20quyidagi%20mezonlarning%20biriga%20mos%20keluvchi%20talabalar%20kiritiladi%3A) ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=9.%20Umumiy%20ro%E2%80%98yxatga%20kiritiladigan%20talabalar%20quyidagi%20ketma-ketlik%20asosida%20talabalar%20turar%20joyiga%20joylashtiriladi%3A) talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi.
👉 Batafsil: https://t.me/eduuz/24840