1-kursga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

  • Asosiy
  • 1-kursga qabul qilingan talabalar diqqatiga!


💻 7-sentabr kuni “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ! shiori ostida yangi o‘quv yili uchun talabalarni kutib olish maqsadida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtadi.

Professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar hamda barcha talabalar va ularning ota-onalarini bayram tadbiriga lutfan taklif etamiz!

⏰ Vaqti: soat 8:30
📍 Manzil: Asosiy bino (A bino) old tomoni


🔹Shu kundan boshlab sizlar uchun:
“Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi;
“Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

🔺Haftalik davomida:
🔵 Universitet faoliyati va kredit tizimi mazmun-mohiyati bilan tanishtirish;
🔵 Kredit-modul tizimining afzalliklarini tushuntirish;
🔵 Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish;
🔵 Akademik halollik tamoyillari, kasbiy va shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib boriladi.

❗️Eslatma: Universitetning 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun o‘qish 14-sentabrdan boshlanadi (Kunduzgi, anʼanaviy taʼlim uchun).

✅Yangi o‘quv yilida barchangizga muvaffaqiyat tilaymiz!