![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Bugun, 7-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda yangi o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabriklashga bag‘ishlangan “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi.
Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, ota-onalar hamda universitetning 1-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
🎓Tadbir yakunida yangi talabalar “Mustaqillik darsi” hamda tanishtiruv mashg‘ulotlariga taklif qilindi.
Talabalik — yangi imkoniyatlar sari ilk qadam!





