Olimpiadalar va tanlovlar ğoliblarini qabul qiliş

  • Asosiy
  • Olimpiadalar va tanlovlar ğoliblarini qabul qiliş

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari ğoliblarini qabul qiliş

18. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston öquvçi yoşlarini rağbatlantiriş çoralari töğrisida» 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston iqtidorli yoşlarini taqdirlaş va moddiy rağbatlantiriş töğrisida» 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari ğoliblari bölgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy örta ta’lim muassasalari öquvçilarini taqdirlaş tartibi töğrisidagi Nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini ötkaziş töğrisidagi Nizomlar asosida xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari ğoliblari hamda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ta’sis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegişli oliy ta’lim muassasalarining mos ta’lim yönalişlariga tanlovdan taşqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etiş böyiça takliflarni qöllab-quvvatlaş töğrisida» 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari bölgan umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari öquvçilari mos ta’lim yönalişlari böyiça oliy ta’lim muassasalariga tanlovdan taşqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Madaniyat va sport işlari vazirligi va tegişli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili ötkaziladigan pedagogika örta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvçilari va ta’lim muassasalari tarbiyalanuvçilarining «Tarbiyaçi» respublika tanlovi ğolibi, tibbiyot muassasalari hamşiralarining «Hamşira» respublika tanlovi ğolibi, Badiiy akademiyaning tasviriy san’at böyiça respublika tanlovi ğoliblari, «Nihol» mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamğarmalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan tegişli oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim yönalişlariga tanlovdan taşqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

Olimpiada fani, tanlovlar bilan oliy ta’lim yönalişlari örtasidagi kasbiy muvofiqlik Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va sport işlari vazirligi tomonidan işlab çiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar ğoliblarining arizalari haqidagi ma’lumotlarni, ta’lim yönalişi, öquv şakli va tili körsatilgan holda, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga 22 iyulgaça bölgan muddatda taqdim etadilar. Davlat komissiyasi 31 iyulgaça ğolib bölganlar böyiça tegişli vazirliklar, idoralarning taqdimnomasi asosida alohida qaror qabul qiladi.

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:18