Nurafshon filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali direktori vazifasini bajaruvchi:

Nasrullayev Nurbek Baxtiyorovich

Qabul vaqti: Chorshanba - Juma (15:00-17:00).
Telefon: +99871 238-65-66
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Bobur MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 55 a-uy 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 288-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Filialning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilab olindi:

  • iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qo‘shadigan, zamonaviy talablarga javob beradigan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘quv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish hamda ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda o‘quv jarayonini ta’limning kredit-modul tizimi asosida tashkil qilish;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
  • Filialga biriktirilgan informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash;
  • aholining barcha qatlamlarida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida dasturlash, robototexnika, “Buyumlar interneti”, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish.

Hozirgi kunda Filialning zamonaviy o‘quv binosi, sport zali va talabalar turar joyi binosi hamda Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi o‘quv binosi qurilish jarayonida.

O‘quv ishlari:

  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali tarkibida “Kompyuter injiniringi” fakulteti va “Axborot texnologiyalari” kafedrasi faoliyat olib bormoqda.
  • Filialda kadr tayyorlash bakalavriatning 7 ta ta’lim yo‘nalishi va magistraturaning 2 ta mutaxassisligi bo‘yicha olib borilmoqda.

Bakalavriatura:

  • Аxborot xavfsizligi (sohalar boʼyicha)
  • Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «АT-Servis», «Аxborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)
  • Dasturiy injiniring
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”)
  • Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi
  • Kiberxavfsizlik injiniringi
  • Pochta aloqasi texnologiyasi

Magistratura:

  • Raqamli iqtisodiyot
  • Axborot xavfsizligi(yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • Kompyuter injiniring (kompyuter tizimlarini loyihalash);
  • Telekommunikasiya injiniringi (Teleradioeshittirish)

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialiga murojaat uchun ma’lumotlar:

Tel./faks: (+99871) 238-65-66

E-mail: info@nbtuit.uz

Rasmiy veb sahifasi: www.nbtuit.uz