2025-YIL 25-DEKABR KUNI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOŞKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING 4/5 (757/758)-SONLI KENGAYTIRILGAN KENGAŞ MAJLISI BÖLIB ÖTDI.
2025-yil 25-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining 4/5 (757/758)-sonli kengaytirilgan kengaş majlisi bölib ötdi. Unda universitetning 2025-yil davomida erişgan yutuqlari sarhisobi va kelgusi yil uçun ustuvor bölgan rejalar körib çiqildi. Yiğiliş avvalida quyidagi professor-öqituvçilar yil davomida erişgan ilmiy yutuqlar va kökrak nişonlari bilan taqdirlandi.
E’tirof va yutuqlar:
- SPRINGER e’tirofi — TATU Springer Nature resurslaridan samarali foydalaniş böyiça TOP–15 taşkilot qatoridan joy oldi.
- Yubiley — “Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Pulatov Sherzod Utkurovich 60 yoş bilan tabriklandi.
Xalqaro yutuqlar:
- Future Tech Winter School – 2025 (Rossiya) TATU talabalari BPLA poygasi va ReVoice–2025 xakatonida 3-örinlarni qölga kiritdi.
- Cyber Guard CUP 2025 TUIT_CSC jamoasi — 1-örin, ğoliblar Gruziyadagi Winter Camp va OneSecda pullik amaliyot yöllanmasini qölga kiritdi.
Faxriy unvon va mukofotlar:
- “Yil ayoli – 2025” — ATDT kafedrasi professori Muxamediyeva Dildora Qobilovna;
- “Fidokorona mehnati uçun” kökrak nişoni — Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich, Muxamadiyev Abdivali Shukurovich.
- Universitetda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan bir qator xodimlarga “Kop yillik mehnatlari uçun” kökrak nişoni topşirildi.
An’anaga köra, kengaş davomida professor-öqituvçilar va xodimlarga Oliy attestatsiya komissiyasidan (OAK) ilmiy daraja diplomlari, ilmiy unvonlar tantanali ravişda topşirildi. Jumladan:
Ilmiy daraja sohiblari:
- Ismoilova Gulnora Fayzullayevna — Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc);
- Tashev Komil Axmadovich — Texnika fanlari doktori (DSc);
- Aliqulov Akmal Xushmuratovich — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
- Delov To‘lqin Erkinovich — Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD);
- Uzakova Mamura Abdurayimovna — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
- Maxmudov Jaxongir Xakim o‘g‘li — Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD);
- Turayeva Nasiba Mirxamidovna — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
- Mardiyev Ulug‘bek Mardiyevich — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
- Bozorov Suhrobjon Mumin o‘g‘li — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
- Axmedova Nozima Farhod qizi — Texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Ilmiy unvon olganlar:
- Yaxshibayev Doniyor Sultanbayevich — Professor;
- Mirzaxalilov Sanjar Serkaboy o‘g‘li — Dotsent;
- Mirazimova Gulnora Xasanovna — Dotsent;
- Abdullayeva Malika Ilxamovna — Dotsent;
- Nigmatova Hilola Abrorovna — Dotsent;
- Bobojonova Zarnigor Shokirovna — Dotsent;
- Abdullayeva Ziyoda Nabiyevna — Dotsent.
Quyida bölib ötgan ilmiy kengaşdan fotolovhalar keltirilgan:



















