Reja-moliya bölimi

Bölim boşliği:

Rahimova Umidaxon Abduraimovna

Qabul vaqti: Seşanba-Juma (15:00-17:00)
Telefon: (+99871) 238-64-17

Bölim faoliyati haqida

Moliya-iqtisod bölimi universitetning tuzilmaviy bölinmasi hisoblanadi. Bölim vazifalariga istiqbolli va joriy rejalarni işlab çiqiş, universitet bölinmalariga sarf-xarajatlarini prognozlaş, turli manbalardan universitetni moliyalaştiriş ehtiyojlarini aniqlaş (davlat byudjeti, byudjetdan taşqari faoliyat, ilmiy-tadqiqot işlardan daromadlar va b.). Bölim faoliyatning barça turlari böyiça daromadlar va xarajatlar röyxatini tuziş, OTM moliya-xöjalik faoliyatini tahlil qiliş, istiqbolli loyihalar va talabalarni qabul qiliş yillik rejalarini tuziş bilan şuğullanadi. Stipendiyalarni tayinlaş tartibini nazorat qiladi, stipendiya taʼminoti va içki tartib qoidalari, OTM Nizomini işlab çiqişda qatnaşadi.

Bölimning asosiy funksiyalari:

  • Ştat jadvalini tuziş va nazorat qiliş.
  • Daromadlar va xarajatlar prognozini işlab çiqiş, xarajatlari va daromadlar smetalarini tuziş va nazorat qiliş.
  • Bölinmalarni moliyalaştiriş limitlarini hisoblab çiqiş.
  • Universitet faoliyatining barça turlarini kompleks tarzda iqtisodiy tahlilini ötkaziş.
  • Universitet faoliyati körsatkiçlari böyiça statistik hisobini olib boriş,  belgilangan muddatda hisobotlar tayyorlaş hamda statistik materiallar tizimlaştiriş.
  • Öz vakolat doirasida yöriqnomalar va metodik materiallarini tayyorlaydi.
  • Buxgalteriya bilan birgalikda işlab çiqariş-xöajik faoliyati natijalarini hisoblaş va tahlil qiliş böyiça işlarin metodik rahbarlik va taşkil qilişni amalga oşiriş, hisob-kitob hujjatlarni işlab çiqiş.
  • Yangi öquv yiliga professor-öqituvçilar, öquv-yordamçi xodimlar, xöjalik va maʼmuriy-boşqaruv personalining  mehnat haqi böyiça meʼyoriy bazani tuziş.
  • Mehyoriy bazani özgarişini hosibga olgan holda ştat jadvalini töğrilaş.
  • Moliyalaştiriş manbalarini hisobga oliş.
  • Byudjet va byudjetdan taşqari moliyalaştiriş böyiça xarajatlar va daromatlar smetalarini tuziş.
  • Universitetning byudjet moliyalaştiriş böyiça limitlarni Oliy va örta maxsus taʼlim Vazriligi va Moliya Vazirligi tomonidan tasdqilangandan söng xarajatlar va daromadlar smetasini töğrilaş.
  • Işçilar toifalari va bölinmalari böyiça byudjet va byudjetdan taşqari moliyalaştiriş böyiça mehnat haqi mablağlari ajratilişini nazorat qiliş.
  • Çoraklar böyiça mehnat haqini tölaş fondi va xarajatlar smetalarini tahlil qiliş.
  • Universitetga xodimlar toifalari, mehnat haqini tölaş, xarajatlar va daromadlar smetalari hamda statistik maʼlumotlar böyiça talab qilingan maʼlumotlarni taqdim qiliş.
Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:15