Markaz boshlig‘i:
Elov Jamshid Bekmurodovich
Qabul vaqti: seshanba-payshanba (15:00-17:00 gacha)
MASOFAVIY TA’LIM MARKAZI:
Masofaviy ta’lim markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi ““Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”dagi PF-60-sonli farmonlari asosida tashkil etilgan.
Masofaviy ta’lim markazi masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda tegishli ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqarish hamda masofaviy ta’lim kontentlarini yaratilishini tashkillashtirish va masofaviy o‘qitish jarayoniga joriy etish bilan shug‘ullanadi.
2022-2023 o‘quv yilidan boshlab masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha 60610500 - kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”, “Multimedia texnologiyalari”) va 60610600 - dasturiy injiniring yo‘nalishlarida talabalar qabul qilindi.
Masofaviy ta’lim markazining vazifalari
- Masofaviy o‘qitish tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqarish;
- Masofaviy ta’lim berish uchun yagona axborot-ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirish;
- Masofaviy ta’lim uchun ta’lim kontentlarini (audio, video va grafik) yaratilishini tashkillashtirish va masofaviy o‘qitish jarayoniga joriy etish;
- Masofaviy ta’lim tizimida (elms) talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yagona unifikatsiyalangan interfeysni yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
- Masofaviy o‘qitish tizimida (elms) professor-o‘qituvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar berish
- Masofaviy ta’lim shaklida tahsil oladigan talabalar kontingenti bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini tayyorlash;
- Masofaviy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish va natijalarini tahlil qilish;
- Masofaviy ta’lim tizimida tahsil oladigan talabalarni kursdan kursga o‘tkazish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzishda qatnashish;
- Shartnoma asosida boshqa ta’lim muassasalariga masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va ularning texnik hujjatlarini ishlab chiqish, dasturiy ta’minotlarni yaratish va ularni qo‘llab‑quvvatlashda qatnashish;
- Elektron va masofaviy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etish.
Masofaviy ta’lim platfomasi
Masofaviy ta’lim shaklining 2023-2024 o‘quv yilining bahorgi semestrida o‘tiladigan fanlar ro‘yxati
1-kurs:
- Falsafa
- Dinshunoslik
- Xorijiy til
- Fizika
- Differensial tenglamalar
- Diskret tuzilmalar
- Dasturlash
2-kurs:
- Kompyuterni tashkil etish
- Web dasturlashga kirish
- Algoritmlarni loyihalash
- Dasturiy injiniringga kirish
- Ehtimollik va statistika
- Elektronika va sxemalar 2
Zoom platformasida fanning nazariy va amaliy darslari uchun talabalar bilan kontakt vaqtlari jadvali
Fanlarning Zoom platformasidagi linklari
E’lon! Masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida talaba istiqomat qiluvchi hududlarda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlari, axborot-resurs markazlari, o‘quv markazlari bilan o‘zaro kelishgan holda ularning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Buning uchun Masofaviy ta’lim markaziga murojaat qiling!!!