Tarjimai holi
-
1985 yilda tug‘ilgan.
-
Millati – o‘zbek.
-
Ma’lumoti oliy. 2006 yil Toshkent davlat texnika universitetining moliyaviy menejment yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrni tamomlagan.
-
2008 yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetining menejment (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
-
2007 yilda harbiy xizmat o‘tagan.
-
2016 yildan Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc 04 №005186).
-
2019 yildan Dotsent (03 №008928).
-
2020 yildan Professor (05 №003458).
-
2007-2013 yillarda Uzdunrobita QK marketing bo‘limi, marketing tadqiqotlari bo‘limi mutaxassisi, etakchi mutaxassisi bo‘lib ishlagan.
-
2013 yilda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filialida “Mehnat iqtisodiyoti va boshqaruvi” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
-
2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OO‘MKHT Markazining “Marketing, investitsiyalar va ta’lim iqtisodiyoti” bo‘limi bosh mutaxassisi, boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
-
2014-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi.
-
2015-2020 yillarda 1-toifali muhandis, Elektromagnit moslashuv markazining “Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
-
2020 yil yanvaridan dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining "Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish" bo‘limi boshlig‘i, Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining kotibi.
-
Toshkent davlat iqtisodiy universiteti qoshidagi 08.00.10 - "Mehnat iqtisodiyoti, Demografiya" ixtisosligi bo‘yicha DSc.28.12.2017.I.16.02-сонли ilmiy kengash a’zosi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida 08.00.03 - "Sanoat iqtisodiyoti" ixtisosligi bo‘yicha 29.06.2019.I.84.01-sonli ilmiy kengash a’zosi.
-
50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan, 1 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar. Ilmiy maqolalari AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Indoneziya, Hindiston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan.
-
2021 yil yanvar oyidan iyun oyiga qadar Elektromagnit moslashuv markazi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
-
B.Maxkamov oilali, uch nafar farzandi bor.