Telefon: +998712386583
Email: nargizausm@mail.ru
Veb-sayt: https://item.chania.teicrete.gr/
ITEM: KA2 ERASMUS LOYIHASI
MATEMATIKADA INNOVATSION TAʼLIM – ITEM
Loyiha raqami: 598587-EPP-1-2018-EL-EPPKA2-CBHE-JP - ENV2
Loyihaning maqsadi
Agar matematika hayotiy voqealar va texnologik yutuqlar asosida örgatilsa, uni real hayot bilan boğlaş mumkin. Matematika ilm-fan, texnologiya va jamiyatdagi asosiy muammolarni hal qilişda ajralmas va zarur vosita sifatida tan olingan: yuqori samarali hisoblaşlar, katta ma’lumotlar, kvant hisoblaş, moliyaviy matematika va biomatematika şular jumlasidandir.
Yevropa yaqinda matematikaning tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi ahamiyatini anglab etdi va talabalar matematika könikmalarini rivojlantirişga bölgan e’tibor kuçaydi. Matematika öqitiş nafaqat Yevropa, balki uning qöşni davlatlari uçun ham muhim masala hisoblanadi. Şu sababli ITEM loyihasi matematika taʼlimiga qaratilgan.
ITEM konsorsiumi loyihaning maqsadlariga erişiş yölida olib borilgan işlarni tahlil qildi va şu paytgaça faqat baʼzi ilmiy maqolalar va Yevropa Komissiyasining hisobotlaridan taşqari, oliy taʼlim doirasida Erasmus+ çaqiruvlarida matematika taʼlimiga bağişlangan boşqa heç qanday loyiha taqdim etilmaganini aniqladi. Matematikaning zamonaviy jamiyat muammolarini hal qilişdagi va yoşlarning bandligini taʼminlaşdagi ahamiyatini hisobga olgan holda, ITEM loyihasi universitetlar, öqituvçilar, talabalar va umuman bozor uçun katta taʼsirga ega böladi.
Loyiha Çexiya Texnika Universitetidagi (CTU) tajribaga asoslanadi, bu yerda matematik kurslarini öqitiş uslubidagi metodik özgarişlar natijasida muvaffaqiyatsizlik darajasi 50% dan 20% gaça kamaygan. CTU xodimlari bilan suhbatlar öqitiş jarayonidagi özgarişlar sababini oçib berdi.
ITEM loyihasi Yevropa hamkorlarining zamonaviy taʼlim uslublari (onlayn va offlayn) böyiça könikmalarini jalb qiladi va hamkor davlatlarda matematikani öqitiş sifatini yaxşilaşga yordam beradi. Şu bilan birga, loyiha davomida olingan bilim va tajriba dasturni amalga oşirayotgan davlatlarga matematika ta’lim strategiyalarini optimallaştirişga yordam beradi. Matematika va statistika barça iştirokçi davlatlar (Isroil, Kosovo* va Özbekiston) uçun milliy ustuvor yönaliş hisoblanadi.
Loyihaning asosiy maqsadi – bu uslubiy özgarişlarni Ğarbiy Balkanlar, Isroil va Özbekistondagi OTMlarga hamda Gretsiya va Şimoliy Makedoniyadagi sinov muassasalariga joriy qiliş.
Vazifalar
1. Kompyuter fanlari va elektrotexnika yönalişidagi birinçi kurs talabalarining matematika darajasini oşiriş
2. Matematika fanlari böyiça muvaffaqiyatsizlik körsatkiçini kamaytiriş
3. Talabalarga matematikaning örganayotgan sohasi bilan boğliqligini tuşuntiriş
4. Talabalarning matematikani örganiş qobiliyatiga bölgan işonçini oşiriş
ITEM loyihasi quyidagi innovatsion öqitiş vositalari va metodologiyalarini işlab çiqadi:
(1) Birinçi kursdagi matematika modullarini (çiziqli algebra va analiz I) muhandislik, sun’iy intellekt, biologiya, tibbiyot, moliya, sport va boşqa sohalardagi real muammolar bilan boğlaş;
(2) Öqituvçilarni muammoga asoslangan va loyihaga asoslangan taʼlim metodlari (PBL, POPBL) bilan taniştiriş;
(3) Dars vaqti va undan taşqarida mobil qurilmalar orqali real muammolarni tasvirlaş va simulyatsiya qilişni örgatiş;
(4) Talabalarning yutuqlarini baholaşga yordam beruvçi dasturiy vositalarni işlab çiqiş (şaxsga yönaltirilgan taʼlim);
(5) Talabaning faolligi va natijalarini kuzatuvçi dasturlarni işlab çiqiş (masalan, Moodle platformasi tahlili);
(6) Talabalarning matematika könikmalariga bölgan işonçini mustahkamlaş;
(7) Matematika öqituvçilari uçun qöllanmalar, video darslar, seminarlar yozuvlarini tayyorlaş. Bularning barçasi loyiha davomida va undan keyin oçiq holda (umumiy litsenziya asosida) MOODLE platformasi orqali mavjud böladi.
ITEM konsorsiumida matematiklar, fiziklar, muhandislar, biologlar va pedagoglar iştirok etadi. Bu nafaqat matematika, balki boşqa STEM fanlarining ham qanday öqitilişi kerakligi borasida katta ta’sir körsatadi.
CTU tajribasini ikki yönalişda kengaytirişni rejalaştiryapmiz:
1. Darslarni özlaştirişda qiynalayotgan talabalarni qöllab-quvvatlaş
2. Metodik özgarişlarni avtomatlaştiriş va sodda qiliş, bu ayniqsa resurslari çeklangan OTMlar uçun foydali böladi
Loyiha doirasida birinçi kursdagi quyidagi ikki fan qamrab olinadi:
1. Hisoblaş 1 (bir özgaruvçili analiz: hosila va integral)
2. Çiziqli algebra kursi (eigen qiymatlar, eigen vektorlar va SVD gaça)
Taxminiy jadval
15-noyabr 2018: Loyiha boşlanişi
Noyabr 2018 – Aprel 2019: Tayyorlov bosqiçi
May 2019 – Aprel 2020: Rivojlantiriş bosqiçi
Yanvar 2020 – Avgust 2021: Alpha bosqiçini amalga oşiriş (Özbekiston, Kosovo, Isroil OTMlarida)
Iyul 2020 – Oktabr 2020: Töliq joriy etişga tayyorgarlik
Sentyabr 2020 – Iyun 2021: Barça sinov OTMlarida töliq joriy qiliş
Iyul 2021 – Oktabr 2021: Loyiha yakuni, xulosalar va tarqatiş