IT reyting markazi Markazi boshlig‘i
Sobirov Shaxzod Ozod o‘g‘li
Qabul vaqti: Dushanba – Juma (14:00-16:00)
Telefon: (+99871) 238-64-11
E-mail: sh.sobirov@tuit.uz
Markaz faoliyati haqida ma’lumot
IT reyting markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz deb ataladi) boshlig‘i Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi o‘rinlarda – Universitet deb ataladi) rektori buyrug‘iga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Markaz boshlig‘i lavozimiga oliy ma’lumotli, o‘zbek va rus tillarini (ingliz tilini bilishi qo‘llab-quvvatlanadi) biladigan shaxs tayinlanadi.
Markaz boshlig‘i rektorga bo‘ysunadi hamda uning rahbarligida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Markaz boshlig‘i o‘z faoliyatida:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga;
- Universitetning Ustavi, buyruq va farmoyishlari, shuningdek bo‘lim Nizomiga amal qiladi.
Markaz boshlig‘i:
- markaz faoliyatini belgilovchi va tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv hujjatlarini, universitetlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash bilan ishlash tizimini, tegishli qonunlarni va me’yoriy hujjatlarni bilishi;
- Rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlari bilan ishlashni bilish;
- universitetning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, binoga kirish-chiqish tartibi, ichki mehnat tartibi, odob-axloq, etika va estetika, shuningdek yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi shart.
Markaz vazifalari:
- Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish.
- Universitetlarda idoralararo elektron hujjatlar aylanishi tizimining faoliyat ko‘rsatishi nazorat qilish.
- Universitetlarda ichki elektron hujjat almashinuvi tizimining faoliyatini nazorat qilish.
- Universitetlarda moddiy-texnika resurslarining hisob-kitobi va hisobotini tartibga solish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari mavjudligi va ulardan foydalanish darajasini nazorat qilish.
- Universitetlarda axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlarini yaqin yillardagi faoliyatiga joriy etish tadbirlari rejalarining mavjudligi.
- Mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo‘yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.
- Tarkibiy bo‘linmalarning ijro va mehnat intizomini tasdiqlangan reja asosida tekshirish (kafedralar, bo‘limlar va boshqalar) va talabalardan so‘rov anketalarini o‘tkazishni tashkillashtirish.