Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarga yaratilgan sharoitlar
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli isloxotlarining negizida insonparvarlik, mexr-muruvvat va eng asosiysi xalk manfaatlarini ko‘zda tutilganligi amalda yakkol ko‘rinib turibti. Buni isboti sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son qaroriga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi joriy etilgan edi.
2018 yil 2 iyundagi Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori bilan qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalarining taqsimot qilish tartibi belgilandi va universitetga ham 20 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar o‘qishga qabul qilindi. Ularning tahsil olishlarida yetarli imkoniyat yaratish maqsadida rektorimiz tomonidan qator takliflar berilib, amaliy ishlar boshlangan. Jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning 10 nafari imtiyozli ravishda (TTJ uchun to‘lov pulidan ozod etilgan) Talabalar turar joyiga joylashtirildi, o‘zi harakatlanishi qiyin bo‘lganlarining 4 nafariga o‘z guruhidan bo‘lgan faol talabalar biriktirildi, hozirda 1-sonli talabalar turar joyining 1-qavatida nogironligi bo‘lgan talabalar uchun alohida xonalar tashkil etilmoqda (qurilish ishlari boshlangan). 5 nafar imkoniyati cheklangan talaba va ularga yordam beradigan 2 nafar faol 1-kurs talabalardan iborat alohida o‘quv guruhi shakllantirildi va dars jadvaliga kiritildi. Ushbu guruh uchun darslar talabalar turar joyining o‘zida tashkil etilishi belgilandi (auditoriya tayyorlandi).
Ko'rish imkoniyati cheklanganlar uchun yangi mobil telefon (video_uzb, video_rus);
Yangi mobil telefondan foydalanish sxema ko'rinishi: