Boshqarma boshlig‘i:
Raxmatov Furqat Abdirazzoqovich
Hududiy o‘quv muassasalari boshqarmasi.
Boshqarma faоliyati haqida ma’lumоt:
Boshqarma o‘zining faoliyatini 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son farmoni, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son farmoni, 2005-yil 2-iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-son qarori, 2013-yil 26-martdagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-son qarori, 2017-yil 15-martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2834-son qarori, 2016-yil 9-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PF-5812-son Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 569-son qarori, 2021-yil 7-maydagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 288-son qarori asosida yuritadi.
Boshqarma vazifasi:
- universitetning hududiy filiallari akademik litsey va axborot texnologiyalari texnikumlarida ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet hududiy tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari, yangilangan malaka talablari va asosiy o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan ta’minlash;
- universitet hududiy filiallarida, akademik litsey va axborot texnologiyalari texnikumlarida o‘quv jarayonini tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
- universitet hududiy filiallari, akademik litsey va texnikumlarning o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- hududiy filiallar, akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- universitet hududiy filiallari, akademik litsey va texnikumlarida ta’lim jarayonini zamon talablari asosida takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha universitet rahbariyatiga va Kengashiga tavsiyalar kiritish;
- universitet, shuningdek filiallar fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarining hamda akademik litsey va texnikumlarning o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va barcha filiallarning ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
- hududiy filiallarda akademik litsey va texnikumlarda talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi nizomni amaliyotga tadbiq etish;
- hududiy filiallar, akademik litsey va texnikumlarda professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
- hududiy filiallar, akademik litsey va texnikumlar professor-o‘qituvchilari va talabalarining davomatini tahlil etish, o‘quv intizomiga rioya qilishini monitoringini amalga oshirish;
- hududiy filiallarning akademik litsey va texnikumlarning kafedra va dekanatlarida asosiy ish hujjatlarini yuritilishini muvofiqlashtirish;
- hududiy filiallar, akademik litsey va texnikumlarning faoliyatini o‘rganish;
- o‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan universitet “O‘quv-uslubiy boshqarma”siga takliflar kiritish;
- hududiy filiallar, akademik litsey va texnikumlarning universitet bilan fakultetlararo va kafedralararo hamkorligini amalga oshirilishini tashkil qilish;
- hududiy filiallarning o‘zlariga biriktirilgan axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi texnikumlar, ixtisoslashtirilgan IT-maktablar, akademik litseylar va kollejlar bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish.