
Kafedra mudiri:
Xolmedov Xamid Mahkamovich
Fizika kafedrasi 1955 yil avgust oyida Oliy matematika va fizika birlashgan kafedrasi asosida tashkil etilgan. Kafedra o‘sha vaqtlarda telefon-telegraf aloqasi, so‘ngra avtomatik va ko‘p kanalli elektr aloqasi fakulteti tarkibida bo‘lgan. Fizika kafedrasi 1970-2001 yillarda ko‘p kanalli elektr aloqasi fakulteti tarkibida, 2002-2005 yillarda fundamental fanlar fakulteti tarkibida, 2005-2013 yillarda radiotexnika-radioaloqa va televideniye fakulteti tarkibida, 2013 yildan buyon televizion texnologiyalar fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Fizika kafedrasining mudiri lavozimida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent I.S.Andreev (1959-1961 yillar), texnika fanlari doktori, professor B.V.Yakovlev (1961-1982 yillar), texnika fanlari nomzodi, dotsent V.I.Jukov (1982-83 yillar), fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi M.S.Yunusov (1983-1986 yillar), fizika-matematika fanlari doktori, professor M.G.Xaliulin (1986-1998 yillar), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent P.A.Tojiboev (1998-1999 yillar), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent O‘.Egamov (1999-2000 yillar), fizika-matematika fanlari doktori, professor A.H.Qosimov (2001-2002 yillar), fizika-matematika fanlari doktori, professor K.P.Abduraxmanov (2003-2013 yillar), dotsent O.E.Tigay (2013-2015 yillar), fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi V.S.Hamidov (2015-2016 yillar), fizika-matematika fanlari doktori, professor K.P.Abduraxmanovlar (2016-2017 yillar) faoliyat yuritishgan. 2017 yildan fizika-matematika fanlari nomzodi X.M.Xolmedov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedrada turli davrlarda fan nomzodlari, dotsentlar, yuqori malakali pedagogik va ilmiy tajribaga ega bo‘lgan M.M.Lerner, P.I.Shulgin, T.I.Rudenko, V.I.Jukov, T.A.Lisovskiy, I.M.Ishenko, M.I.Ismoilov, X.X.Xafizov, S.Ye.Yartseva, Ye.G.Merkulova, I.S.Sultonov, D.Yu.Yusupova, Ye.V.Berter, Yu.Abduraxmanov, V.V.Soloveva, X.X.Toxirjonov, S.X.Xaydarova, N.F.Xaritonova, Ye.A.Stepanova, A.R.Suncheleva, L.A.Kovaleva, X.K.Kuchkarov, V.K.Kanaki, A.A.Fattaxov, O‘.Egamov, Q.Xaydarov, A.T.Abdujamilov, N.Ochilova kabi ustozlar samarali faoliyat ko‘rsatganlar.
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan universitetning barcha fakultetlari talabalariga fizika fanidan mashg‘ilotlar oli borilmoqda.
FIZIKA FANI O‘QITILADIGAN BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI:
- 60310500 - Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha);
- 60320400 - Kutubxona-axborot faoliyati (Axorot kutubxona texnologiyalari);
- 60412800 - Elektron tijorat;
- 60540300 - Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari boʻyicha);
- 60610300 - Axborot xavfsizligi (AKT va servis);
- 60610500 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimediya texnologiyalari”);
- 60610600 - Dasturiy injiniring;
- 60610700 - Sun’iy intellekt;
- 60611000 - Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”);
- 60611100 - Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”) ;
- 60611200 - AKT sohasida iqtisodiyot va menejment;
- 60611300 - AKT sohasida kasb ta’limi;
- 60611400 - Pochta aloqasi texnologiyasi;
- 60611500 - Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha);
- 60612000 - Infokommunikatsiya injiniringi;
- 60612100 - Kiberxavfsizlik injiniringi;
- 60710600 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha);
- 60711500 - Mexatronika va robototexnika;
Hozirgi davrda fizika kafedrasida 22 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 3 nafar o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
KAFEDRA PROFESSOR- O‘QITUVCHILARI
- Xolmedov Xamid Maxkamovich – f.-m.f.n; kafedra mudiri;
- Abduraxmanov Kaxar Pattoxovich – f.-m.f.d., professor;
- Imamov Erkin Zunnunovich – f.-m.f.d., professor;
- Axmedova Nodira Amindjanovna – f.-m.f.n; dotsent;
- Raxmatullaeva Moxiraxon Fayzullaevna – f.-m.f.n; dotsent;
- Ganiev Abror Sattarovich – f.-m.f.n; dotsent;
- Baxronov Hayot Nurovich – k.f.n; dotsent;
- Ochilova Ozoda Odilovna – Ph.D., dotsent;
- Muxammedaminova Lola Mannapovna – katta o‘qituvchi;
- Tohirov Ulug‘bek Xolmirzaevich - katta o‘qituvchi;
- Haydarov Kamoliddin Baratovich - katta o‘qituvchi;
- Karimov Xasan Narzullaevich - katta o‘qituvchi;
- Tulyaganova Shaxnoza Abduraximovna - assistent;
- Ashirbaeva Almagul Qurbanbekovna - assistent;
- Xalilov Sarvar Samadovich - assistent;
- Abdullayeva Shoira Isajanovna - assistent;
- Absalyamova Ilmira Ildarovna - assistent;
- Nazirov Kamoliddin Xusnutdinovich - assistent;
- Xalilova Nozliya Samadovna - assistent;
- Xoliqov Kamoliddin Abdug‘aniyevich - o‘qituvchi-stajyor;
- Karimova Nozliya Nabijon qizi - o‘qituvchi-stajyor;
- Axmadov Majidjon Ashraf o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni talablarini bajarish, o‘quv jarayonining sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga AKT va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha kafedrada keying yillarda katta ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. O‘zR Davlat ta’lim standartiga muvofiq fizika fanining namunaviy dastur mazmuniga mos fizika fanidan zamonaviy o‘quv darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar, multimediyali maʼruzalar yaratildi.
KAFEDRANING ILMIY USLUBIY ISHLARI
- P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. “FIZIKA” Darslik. Toshkent. 2018 y.;
- V.T.Vetrova. Fizikadan masalalar to‘plami (K.P.Abduraxmanov va b. tarjimasi). 2021 y.;
- P.Abduraxmаnov, Oʻ.Egamov “ Fizika kursi” darsligi, Toshkent “Oʻquv ta’lim metodikasi” 2015 y.;
- Қ.П.Абдурахманов, Ў.Эгамов “Физика курси” дарслиги, Тошкент. Aлоқачи, 2013
- P.Abduraxmanov, O.E.Tigay, V.S.Xamidov. “Курс мультимедийных лексий по физике”, o‘quv qo‘llanma, rus tilida, hajmi 640 bet, 40 b.t.;
- P.Abduraxmanov, O.E.Tigay, V.S.Xamidov. “Fizika kursidan taqdimot multimedia ma’ruzalar to‘plami”, uslubiy qo‘llanma, o‘zbek tilida, 45 ta ma’ruza, Pdf + disk + CHM.;
- P.Abduraxmanov, O.E.Tigay, V.S.Xamidov. “Fizika kursidan taqdimot mul’timediya ma’ruzalar to‘plami, uslubiy qo‘llanma, rus tilida, 45 ta ma’ruza, ; Pdf + disk + CHM.;
- M. Xolmedov, B. Ibragimov, X.N. Karimov. Fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma. “Mexanika” 1-qism. 2020 y;
- S.Ganiyev, H.N.Baxronov, I.О.Jumaniyozov. Fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma. “Elektromagnetizm” 3-qism. 2020 y.;
- Ганиев А.С., Жуманиёзов И.О., Бахронов Х. Методическое пособие к практическим занятиям по физике. Часть III. Электростатика. Электромагнетизм. Ташкент, 2020 г.;
- Холмедов Х., Каримов Х.Н., Абдуллаева Ш. Методическое пособие к практическим занятиям по физике. Часть II. Молекулярная физика и термодинамика. Ташкент, 2021.;
- Xolmedov H.M., Karimov X.N., Abdullayeva Sh., Xalilov S. Mexanika. Molekulyar fizika va termodinamika. Fizika fanidan laboratoriya ishlari uchun uslubiy qo‘llanma. 1-qism. 2021y.
- Холмедов Х., Каримов Х.Н. , Абдуллаева Ш., Халилов С. Лабораторный практикум по физике. Механика и молекулярная физика. Часть 1. Ташкент, 2021.;
- Ismoilov Sh., Xalilov S., Tulyaganova Sh. Fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma. V qism. Optika. Kvant mexanikasi asoslari. Toshkent. 2021.;
- Abdurahmanov Q.P., Ochilova O., Tohirov U., Xaydarov K. Fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma. 4-qism. Garmonik tebranishlar. Mexanik va elektromagnit tebranish Mexanik va elektromagnit To‘lqinlar. Toshkent 2021.;
- Абдурахмонов К.П., Очилова О.,Тохиров У.Х., Хайдаров К.Б.. Методическое пособие к практическим занятиям по физике. Часть Гармонические колебания, механические и электромагнитные колебания, механические и электромагнитные волны. Ташкент, 2021.;
- Imamov E.Z., Raxmatullayeva M. Muhammedaminova L. va boshq. Fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanma. 6-qism. Qattiq jismlar fizikasi. Atom va yadro fizikasi. Toshkent 2021.;
- Имамов Э., Рахматуллаева М., Мухамедаминова Л. и др., Методическое пособие к практическимзанятиям по физике. Часть 6. Физика твердого тела. Атомная и ядерная физика. Ташкент, 2021
- К.Х.Хайдаров, С.В.Кормильцев. Сборник задач и методические указания к практическим занятиям по физике. «Колебания и волны. Оптика. Атомная физика».;
- H.Haydarov, M.S.Haitov, H.M.Xolmedov, M.A.Turg‘unboyeva, Sh.I.Abdullayeva. Fizika fanidan laboratoriya islari va uslubiy ko‘rsatmalar. “Tebranishlar va to‘lqinlar. Atom fizikasi”;
- P.Abdurahmanov, M.A.Abduqodirov, N.X.Ochilova, H.M.Xolmedov, S.Masharipova. Fizika fanidan laboratoriya islari va uslubiy ko‘rsatmalar. “Termodinamika va molekulyar fizika, qattiq jismlar va yadro fizikasi”. Toshkent, 2013.;
- P.Abduraxmanov, O.E.Tigay, V.S.Xamidov. “Fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun masalalar to‘plami va uslubiy ko‘rsatmalar”, o‘quv qo‘llanma, o‘zbek tilida, 4 qism, 400 bet.;
- P.Abduraxmanov, O.E.Tigay, V.S.Xamidov “Fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun masalalar to‘plami va uslubiy qo‘llanmalar”, o‘quv qo‘llanma, rus tilida, 4 qism, 400 bet.;
- P.Abduraxmanov, O.E.Tigay, V.S.Xamidov “Fizika fanidan laboratoriya ishlari va uslubiy ko‘rsatmalar”, o‘quv qo‘llanma, o‘zbek tilida, 212 bet;
- P.Abduraxmanov, N.F.Xaritonova, O.E.Tigay, V.S.Xamidov “Fizika fanidan virtual laboratoriya ishlari va uslubiy ko‘rsatmalar”, o‘quv qo‘llanma, rus tilida, 75 bet;
- P.Abdurahmanov, H.M.Xolmedov, V.S.Hamidov. Fizika fanidan virtual laboratoriya islarini bajarish uchun uslubiy qo‘llanma.;
- Виртуальный лабораторный практикум. Абдурахманов К.П., Харитонова Н.Ф. , Хамидов В.С. “Aloqachi”.;
- “Fizika fanidan laboratoriya ishlari va uslubiy ko‘rsatmalarning elektron o‘quv qo‘llanmasi”, o‘zbek va rus tillarida, 6,55 Mb, CD disklarda.
Fizika kafedrasida multimediya ma’ruzalari va virtual laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan o‘quv xonalari hamda fizikaviy jarayonlarni MatLab va Matcad dasturlari yordamida modellashtirish ishlari olib boriladigan auditoriyalar yaratilgan. Kafedrada hajmi 220 Gb dan oshiq axborot texnologiyalari resurslari to‘plangan, fizika fanining barcha qismlariga oid virtual laboratoriya ishlari, o‘zbek va rus tillarida 45 tadan iborat multimedia ma’ruzalari to‘plami yaratilgan.
Fizika kafedrasi hozirgi kunda modernizatsiyalashgan fizikaviy stendlarga ega bo‘lgan 5 ta laboratoriya mashg‘ulotlari, 1 ta amaliy mashg‘ulotlar, 1 ta virtual laboratoriya mashg‘ulotlari va 3 ta multimediali ma’ruzalar o‘tkaziladigan auditoriyalarga ega. Kafedrada estudy.uz, my.estudy.uz masofaviy ta’lim tizimlari hamda media.uz ta’lim tizimi portallari ishlab turibdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Rossiya federatsiyasining Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti (ruscha qisqartmasi TУСУР) o‘rtasida fizika fanini o‘qitishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi asosida TУСУРda ishlab chiqarilgan fizika fanining barcha bo‘limlaridan 23 ta laboratoriya ishini bajarish imkoniyati bo‘lgan ko‘p modulli fizika laboratoriya stendlari keltirilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan.
Fizika kafedrasi professor o‘qituvchilari o‘quv-uslubiy ishlar bilan bir qatorda ilmiy - tadqiqot ishlarini ham olib borib, katta natijalarga erishib kelmoqdalar. Kafedrada yarim o‘tkazgichlar fizikasi, o‘ta o‘tkazgichlar fizikasi, quyosh elementlarini ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish, quyosh elementi sirtiga nanotexnologik ishlov berish ta’sirida uning samaradorligini oshirish mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Fizika kafedrasida professor V.V.Yakovlev ilmiy rahbarligida yengil sanoat materiallarining, shu jumladan, paxta tolasining mexanik, elektr va optik xususiyatilarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilgan va olingan natijalarni Respublika to‘qimachilik sohasi ilmiy-tadqiqot markaziy institutiga topshirilgan.
Dotsent A.S. Ganiev laboratoriya mashg‘ulotida ish bajarish tartibini tushuntirmoqda.
Fizika-matematika fanlari doktori, O‘zRFA akademigi T.S.Yuldashbaev rahbarligida “Lazer elementlariga radiatsion nurlanishning ta’siri” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan. Professor M.G.Xaliulin ilmiy rahbarligida “Elektron tezlatgichlari” mavzusida xo‘jalik shartnomasi bajarilgan.
O‘zRFA akademigi M.S.Yunusov rahbarligida “Fizika-Quyosh” IICHB va Yadro fizikasi instituti hamkorligida “Yarim o‘tkazgichli moddalarning elektr va optik xususiyatlarini o‘rganish” mavzusida itlmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu ilmiy tadqiqot ishlari keyinchalik O‘zR aloqa vazirligi qoshidagi ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasida dotsent Yu.Yu.Abduraxmanov ilmiy rahbarligida davom ettirilgan va olingan natijalar asosida kafedra o‘qituvchilari A.A.Fattaxov, N.F.Akbarov, A.S.Ganiev, X.X.Bo‘stonov, N.A.Axmedovalar nomzodlik dissertatsiyalarini, M.A.Abduqodirov doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganlar.
Q.X.Xaydarov va dotsent O‘.Egamovlar mudofaa vazirligi buyurtmasi asosida “Lazer giroskoplariga yadro nurlanishining ta’sirini o‘rganish” mavzusida xo‘jalik shartnomasini olib borganlar.
Pprofessor K.P.Abduraxmanov rahbarligida O‘zAAA topshirig‘iga asosan “Masofaviy ta’lim uchun apparat – dasturli televizion tizimni ishlab chiqish” mavzusida №03 – 04 sonli xo‘jalik shartnomasi bajarilgan, olingan natijalar fizika fanini o‘qitish jarayoniga tadbiq etilgan.
Professor K.P.Abduraxmanov rahbarligidi “Telekommunikatsiya tizimlari avtonom energiya ta’minoti uchun quyosh fotoelektrik stansiyasini ishlab chiqish” mavzusida №02-06 sonli xo‘jalik shartnomasi bajarilgan.
Professor K.P.Abduraxmanov ilmiy rahbarligida “Mobil va statsionar radiostansiyalar akkumulyatorlariga quyosh nuridan zaryadlagich qurilmalarini yaratish va kichik hajmda ishlab chiqarishini o‘zlashtirish” mavzusida O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish qo‘mitasining IDA-4 sonli innovatsion loyihasi bajarilgan. Innovatsion loyiha doirasida ultraqisqa to‘lqin diapazonida ishlaydigan mobil radiostansiyalar akkumulyatorlarini 10 Vattli quyosh zaryadlagich SZU-10 qurilmasi va qisqa to‘lqin diapazonida ishlaydigan mobil radiostansiyalar akkumulyatorlarini 60 Vattli quyosh zaryadlagich SZU-60 qurilmalari ishlab chiqilgan. Quyosh energiyasidan zaryadlagich SZU-10 qurilmasining 500 nusxalari va SZU-60 qurilmasining 120 nusxalari №34/4-29 sonli xo‘jalik shartnomasi asosida O‘zR IIV qismlariga yetkazib berilgan.
Professor K.P.Abduraxmanov ilmiy rahbarligida “Har xil chuqurliklardan suvni ko‘tarib olish uchun mo‘ljallangan kichik quvvatli fotoelektrik stansiyalarning tajribaviy namunasini yaratish” mavzusida O‘zR VM huzuridagi FTRMQ ning I-09-25 sonli innovatsiya loyihasi bajarilgan. Quyosh energiyasi yordamida har xil chuqurlikdan suvni ko‘tarib oluvchi 600 Vattli qurilmaning yaratilgan tajribaviy namunasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “Kishkene ko‘m” fermer xo‘jaligiga foydalanishga topshirilgan.
Professor M.A.Abduqodirov ilmiy rahbarligida “Keng zonali A3B5 birikmalarning o‘ta cheklangan yutuvchi qatlamga ega bo‘lgan ikki tomonlama gereotuzilmalarini yaratishning fizikaviy asoslarini va ular asosidagi kaskadli fotoo‘zgartkichlarni tadqiq etish” mavzusidagi O‘zR VM huzuridagi FTRMQning BV-F2-005 sonli fundamental ilmiy loyiha bajarilgan.
Professor K.P.Abduraxmanov ilmiy rahbarligida “Ichki zona nurlanishli fosfid galliy asosidagi yarim o‘tkazgichli geterotuzilmalarni olish va yaratish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi O‘zbekiston-Koreya ilmiy hamkorligi doirasidagi MK-03/2010 sonli xalqaro loyiha bajarilgan.
Professor E.Z.Imamov ilmiy rahbarligida “Nanotuzilmaviy komponentlarga ega bo‘lgan quyosh elementlarining samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi O‘zR VM huzuridagi FTRMQning A-009 sonli amaliy loyihasi bajarilgan.
Professor K.P.Abduraxmanov ilmiy rahbarligida “Texnik yo‘nalishlardagi oliy o‘quv yurtlari bakalavrlari uchun fizika fanidan zamonaviy o‘quv majmua yaratish” mavzusidagi O‘zR VM huzuridagi FTRMQning I-2011-6.3 sonli innovatsiya loyihasi bajarilgan. Innovatsiya loyihasi natijalari Toshkent temir yo‘llari muhandislari instituti, Namangan politexnika muhandislari instituti, Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus, Urganch, Samarqand, Qarshi va Farg‘ona filiallariga tadbiq etilgan.
Dotsent N.A.Axmedova ilmiy rahbarligida "Yorug‘lik nurining ultra binafsha spektri sohasida sezgirlikka ega bo‘lgan ikki o‘tishli fotoqabulqiligichlarni yaratish va izlash” mavzusidagi O‘zR VM huzuridagi FTRMQning A- sonli amaliy loyiha bajarilgan.
Professor M.A.Abduqodirov rahbarligida “Yutilish qatlami o‘ta cheklangan geterotuzilmalarga va ular asosidagi pog‘onali fotoo‘zgartkichlarga to‘plangan nurlarning ta’sirini tadqiq etish” mavzusidagi F2-011 sonli fundamental loyiha bajarilgan.


Professor K.P.Abduraxmanov rahbarligida “Yangi nochiziqli materiallarni raqamli optik qayta ishlash uchun tadqiq etish” mavzusidagi F2-009 sonli fundamental loyiha ishlari olib borilgan.
Professor E.Z.Imamov, akademik R.A.Mo‘minov -O‘zRFA FTI hamkorligida “Quyosh elementlaridagi kontakt qatlamlarini optimallashtirish va tavsiflash” mavzusidagi M/CRDF – 17/2013 sonli xalqaro loyiha bajarilgan.
Professor K.P.Abduraxmanov ilmiy rahbarligida “Разработка методов и моделей системы управления потоков данных TIAV - дискретно-непрерывными процессами восприятия информации” mavzusidagi O‘zR AATK Davlat qo‘mitasinig buyurtmasiga asosan xo‘jalik shartnomasi bajarilgan.
Professor K.P.Abduraxmanov ilmiy rahbarligida “Lazer introskopining tajribaviy namunasi va yarim o‘tkazgichlardagi elektr aktiv bo‘lmagan nuqsonlar diagnostika texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi A3-023 sonli amaliy loyiha bajarilgan.
Professor E.Z.Imamov rahbarligida “Yangi kontakt tuzilmalar asosida, samarador parametrli, quyosh elementlarini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi A4-001 sonli amaliy loyiha bajarilgan.
Dotsent A.S.Ganiev rahbarligida “Quyosh energiyasini golografik to‘plovchisini tayyorlash va quyosh elementlarini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi A4-005 sonli amaliy loyiha bajarilgan.
Dotsent N.A.Axmedova ilmiy rahbarligida “AlxGa1-xP/GayIn1-yP geterotuzilmalar va ular asosida qisqa to‘lqinli optik signallarni spektrofotometrik tahlil etish uchun fotodatchiklar olish va tadqiq etish” mavzusidagi БА-А3-026 sonli amaliy loyiha bajarilgan.
Professor E.Z.Imamov rahbarligida “Quyosh elementi sirtiga nanotexnologik ishlov berish ta’sirida uning samaradorligini oshirishni nazariy tadqiq etish” mavzusidagi БВ-ФЗ-005 sonli amaliy loyiha bajarilgan.
X.N.Karimov “Amaliy fizika” to‘garagida mashg‘uloi olib bormoqda
2015 yilda V.S. Xamidov “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” respublika ko‘rik-tanlovining “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.
Kafedrada ilmiy salohiyatga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilarning barchasi doktorlik dessertatsiyasi ustida ish olib borishmoqda, ularga ilmiy rahbarlar va ilmiy ish mavzulari biriktirilgan.
-
Справочник по физике для поступающих в ВУЗы (uslubiy ko‘rsatma)