Buxgalteriya

Bölim boşliği:

Amirov Asqar Aktamovich

Qabul vaqti: Seşanba – Juma (15:00-17:00)
Telefon: (+998 71) 238-64-28
E-mail: asqar@tuit.uz

Buxgalteriya faoliyati haqida

Universitet buxgalteriyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Buxgalteriya, qiziqqan taşqi va içki foydalanuvçilarga universitetning molyaviy-xöjalik faoliyati va moliyaviy ahvoli töğrisida töliq va işonçli ma’lumotlarni yetkaziş uçun universitet buxgalteriya hisobini taşkil etadi va yuritadi;
  • Universitet faoliyatinining moliyaviy ahvoli va natijalarini baholaş, tahlil qiliş, loyihalaş va nazorat qiliş uçun öz vaqtida ma’lumotlarni oliş imkoniyatini beruvçi, universitet faoliyatining xöjalik yuritiş şartlari, strukturasi, tarmoqqa taalluqlilik darajasi xususiyatlaridan va boşqa turdagi imkoniyatlaridan kelib çiqib buxgalteriya hisobi töğrisidagi me’yoriy hujjatlarga mos ravişda hisobga oliş siyosatini şakllantiradi.
  • Buxgalteriya içki hisobotlari şakllarini, xöjalik operatsiyalarini rasmiylaştiriş uçun qöllaniladigan birlamçi hisob xujjatlari şakllarini, statistik va analitik hisoblardan iborat buxgalteriya hisobi iş rejasini tayyorlaydi va tasdiqlatadi;
  • Inventarizatsiya ötkaziş va mulkni baholaş tartibini, mulkning mavjudligi, uning holati va bahosi töğrisidagi hujjatlarni yuritişni ta’minlaydi;
  • Hujjat aylaniş tartibiga rioya etgan holda xöjalik operatsiyalarini rasmiylaştirişning töğriligini içki nazorat qiliş tizimini taşkil etadi;
  • Taşqi va içki foydalanuvçilarga zarur bölgan buxgalteriya ma’lumotlarini taqdim etişni ta’minlovçi, buxgalteriya, soliq, statistik va boşqaruv hisobi talablariga mos keluvçi buxgalteriya hisobi va hisobotlari axborot tizimini şakllantiradi;
  • Zamonaviy axborot texnologiyalarini, hisobga oliş va nazorat qilişning progressiv şakllari va usullarini qöllagan holda buxgalteriya hisobi reyestrlarini yuritiş böyiça işlarni olib boradi;
  • Universitet faoliyatining moliyaviy natijalari, moliyaviy, hisob va kredit operatsiyalari, moliyaviy mablağlari, material-işlab çiqariş zaxiralari, asosiy vositalar, majburiyatlar va mulkni hisobini yuritiş böyiça işlarni amalga oşiradi;

Buxgalteriya quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Buxgalteriya hisob raqamlarida xöjalik operatsiyalarini, vositalar harakatini, daromad va harajatlarni şakllantirişni va majburiyatlarni bajarişni aniq va öz vaqtida aks ettiriş;
  • Soliqlar va yiğimlarni respublika, mintaqaviy va mahalliy byudjetlarga, suğurta badallarini davlat byudjetdan taşqari ijtimoiy fondlarga, tölovlarni kredit taşkilotlariga, mablağlarni moliyalaştiriş obyektlariga, mablağlarni ssudalar böyiça qarzdorlikni yopiş uçun öz vaqtida ötkazib beriş;
  • Taşkilot tomonidan mehnat uçun haq tölaş fondining sarflanişini va işçilarga haq tölaş hisoblarining töğriligini, inventarizatsiya ötkazişni, buxgalteriya hisobi va hisobotlar yuritiş tartibini hamda qonuniy taftişlar ötkazilişini nazorat qiliş;
  • Taşkilot içki auditida buxgalteriya hisobi va hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida moliyaviy tahlil ötkazişda va soliq siyosatini şakllantirişda iştirok etiş;
  • Universitetning moliyaviy faoliyati natijalarini yaxşilaşga yönaltirilgan takliflarni işlab çiqiş, moliyaviy yöqotişlarni va işlab çiqarişga qaratilmagan harajatlarni yöq qiliş;
  • Moliyaviy va ğazna tartib qoidalariga rioya etişni ta’minlaş, yetişmovçiliklarning, debitorlik qarzdorliklarning va boşqa yöqotişlarning buxgalteriya hisobi hisobotlaridan çiqarişni qonuniyligini ta’minlaş böyiça işlar olib boriş.

 

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27