Bosh auditor:
Raxmatullayev Mirjalol
Ichki audit xizmati haqida ma’lumot
Bosh auditor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori buyrug‘iga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bosh auditor lavozimiga oliy ma’lumotli, o‘zbek va rus tillarini (ingliz tilini bilishi qo‘llab-quvvatlanadi) biladigan shaxs tayinlanadi.
Bosh auditor bevosita rektorga bo‘ysunadi hamda uning rahbarligida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Bosh auditor o‘z faoliyatida
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga;
- Universitetning Ustavi, buyruq va farmoyishlari, shuningdek bo‘lim Nizomiga amal qiladi.
Bosh auditorning maqsadi
Bosh auditorning asosiy maqsadi TATUda budjet intizomini mustahkamlash va budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini profilaktika qilish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar harajatlarining samaradorligi va natijadorligini baholash hamda auditorlik faoliyati sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.
Bosh auditorning vazifalari
Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobining yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini o‘rganish orqali budjet intizomini mustahkamlash;
Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar vas shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasini amalga oshirish;
Mavjud resurslardan oqilona foydalanish orqali budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar harajatlarining samaradorligini va natijadorligini oshirish;