
Markaz rahbari
Muxammedova Malika Akilovna
Umumiy ma`lumot
Ахborot resurs markazi - ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika, va ximiya fanlari bo`yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo`lgan. Shu yilning o`zida Toshkentning kitob do`konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o`qituvchiga va 153 talabaga hizmat ko`rsatar edi.
Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 ming kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko`rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o`qituvchilar tarkibi, xodimlari, aspirantlaridan tashqari boshqa oliy o`quv yurtlari talabalari va o`qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda, hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an`anaviy, ya`ni qog`ozda tashuvchi va elektron ma`lumotlardan iborat.
Kutubxona fondi bugungi kunda 308 ming nusxa atrofida bo`lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar, disket va CD-ROMlar tashkil etadi. Fondning 61% o`quv adabiyotlar 32% - ilmiy, 5% - badiiy, qolganlari - boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 7 ming kitob oladi, 100 nomli jurnallar va 65 nomli gazetalarga obuna bo`ladi.
Kutubxona kitobxonlar bilan turli xil ishlar va metodlar olib boradi:- oyda ikki marta Kafedra kunlari uyushtiriladi;
- mavzuli kitobli-illyustrativli, hamda yangi adabiyotlar ko`rgazmalari o`tkaziladi;
- har doim yangi kelgan adabiyotlarga byulettenlar ochiladi;
- 1980 yildan kutubxona kafedra kunlarini o`tkazadi;
- 1983 yildan bitiruvchilar kunlari, hozir esa bakalavriat bitiruvchilari, adabiyotlarni ochiq ko`rish, ma`lumotli sharhlar olib boriladi;
- RDHK tizimida 10 abonementga oliy maktab muammolari bo`yicha 21 mavzuda va boshqa ma`lumotlar bilan ta`minlaydi.
Bizning kitobxonlarga: kutubxonaning kitob fondiga an`anaviy kitobxon katalogi (tizimli va alfavitli), aloqa bo`yicha maqolalarning tizimli kartotekalari, Respublikaning hozirgi hayotiga doir aktual savollar bo`yicha mavzuli kartotekalari bo`yicha keng ma`lumot apparati mavjud.
Hozirgi kunda ARM 5268 dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatadi,shulardan 4308 ta bakalavriat va 50 ta magistratura bosqichi talabalari,398 ta professor-o`qituvchilar, 52 ta universitet xodimlari,460 ta tarmoq markazi tinglovchilaridan iborat.
ARM ning umumiy fondi 41324 nomda 325618 nusxadan bo`lib, ulardan:
- ilmiy adabiyotlar 23860 nom/102490 nusxa;
- darsliklar 1275 nom/35704 nusxa;
- o`quv qo`llanmalar 2555 nom/160607 nusxa;
- badiiy adabiyotlar 10733 nom/13799 nusxani tashkil etadi
- davlat tilida 4917 nom/76039 nusxada
shundan:
- ilmiy adabiyotlar 1604nom/14255 nusxa;
- darsliklar 417nom/13664 nusxa;
- o`quv qo`llanmalar 1303nom/36848 nusxa;
- badiiy adabiyotlar 1239 nom/2338 nusxa
- lotin grafikasida 821nom/13219 nusxa
- ilmiy adabiyotlar 112 nom/1352 nusxa;
- darsliklar 156 nom/2526 nusxa;
- o`quv qo`llanmalar 437 nom/8947 nusxa;
- badiiy adabiyotlar 90 nom/209 nusxa
Elektron hujjatlar fondi 21321 nomda bo`lib,
- shulardan elektron darsliklar 2697,
- elektron o`quv qo`llanmalr 5470,
- elektron ilmiy adabiyotlat 5316,
- elektron xorijiy adabiyotlar 7838,
- elektron maqolalar 5900,
- dessertatsiyalar 1350 ta nomni tashkil etadi.