Markaz rahbari
Muxammedova Malika Akilovna
Qabul vaqti: Seshanba–Juma (14:00–16:00 gacha)
Ахborot resurs markazi - ARM ( 2007 yilgacha Universitet kutubxonasi) 1955 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Moskva, Leningrad, Odessa elektrotexnika aloqa institutlari tomonidan yuborilgan ijtimoiy, fizika, matematika, va ximiya fanlari bo‘yicha bir necha yuzlab kitoblardan iborat bo‘lgan. Shu yilning o‘zida Toshkentning kitob do‘konlaridan adabiyotlarni sotib olish boshlangan. 1956 yilning 1 yanvarida kutubxona fondi 4395 nusxali kitob tashkil etar edi. 15 o‘qituvchiga va 153 talabaga hizmat ko‘rsatar edi.
Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan 6 ming kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatmoqda. Kitobxonlar orasida universitet talabalari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlari, doktorantlardan tashqari boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasidagi korxona xodimlari ham mavjud. ARM abonement tizimi orqali kitoblarni uyda, hamda qiroatxonalarda foydalanishning keng imkoniyatini yaratadi. ARM an’anaviy, ya’ni qog‘ozda tashuvchi va elektron ma’lumotlardan iborat.
Kutubxona fondi bugungi kunda 329776 ming nusxani tashkil etadi. Fondning 67% o‘quv adabiyotlar 26% - ilmiy, 5% - badiiy, qolganlari - boshqa adabiyotlar tashkil etadi. Yil mobaynida kutubxona 6 mingdan ziyod kitob oladi.
http://library.tuit.uz/ saytida joylashtirilgan 30 000 dan ortiq electron resurslar bilan, https://unilibrary.uz/ platformasidagi ma’lumotrlar bilan, https://tuit.natlib.uz/ tizimidagi ma’lumotlari bilan xizmat ko‘rsatadi.
ARM ning umumiy fondi 46 720 nomda 329 776 nusxadan bo‘lib, shulardan:
- ilmiy adabiyotlar 26767 nom/111442 nusxa;
- darsliklar 1649 nom/41476 nusxa;
- o‘quv qo‘llanmalar 5153 nom/151035 nusxa;
- badiiy adabiyotlar 11693 nom/18094 nusxani tashkil etadi
Davlat tilida 7597 nom/90028 nusxada
Elektron hujjatlar fondi 34289 nomda bo‘lib, shulardan:
- elektron darsliklar 4849 ta,
- elektron o‘quv qo‘llanmalr 8250 ta,
- elektron ilmiy adabiyotlar 20360 ta,
- badiiy 830 tadan iborat.