1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek
Ma’lumoti oliy: 2003-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini telekommunikatsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha, 2005-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini telekommunikatsiya uzatish tizimlaridan texnik foydalanish magistri mutaxassisligi bo‘yicha, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabini biznes boshqaruvi magistri mutaxassisligi (MBA) bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2003-yilda “O‘zbektelekom” AK “Toshkent Telekom” filiali Mahalliy telefon aloqasi bo‘limi muhandisi lavozimidan boshlagan.
Mehnat faoliyati davomida:
- “O‘zbektelekom” AK “Toshkent Telekom” filiali Ishlab chiqarish texnik laboratoriyasi 1-toifali muhandisi, Telekommunikatsiya tarmoqlarining ekspluatatsiyasi bo‘limi yetakchi muhandisi, Mahalliy telefon aloqasi bo‘limi etakchi muhandisi, bo‘lim boshlig‘i;
- “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali Texnik ekspluatatsiya xizmati boshlig‘i;
- “O‘zbektelekom” AK Axborot-kommunikatsiya tizimlarini ekspluatatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i, Telekommunikatsiya tizimlarini ekspluatatsiya qilish departamenti direktori;
- “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali Texnik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
- 2015-2017 yillarda “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib bordi.
- 2017-2019 yillarda “O‘zbektelekom” AK Texnik direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
- 2019-yilning 16-oktabridan “O‘zbektelekom” AK Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.