Bölim boşliği:
Juraev Laziz
"Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi” da ta’lim va tarbiyaning uzviy boğliqligi hamda iqtidorli yoşlarni aniqlaş, ularga ta’limning eng yuqori darajasi, izçil ravişda fundamental va maxsus bilim olişlari uçun şart-şaroitlar yaratiş uzluksiz ta’limni taşkil etiş va rivojlantirişning asosiy printsiplari sifatida alohida körsatib ötilgan. Şuning uçun ham, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/02-1-6-sonli topşiriği asosida Toşkent axborot texnologiyalari universitetida "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan işlaş bölimi” taşkil etildi.
Bu tizimdan közlangan asosiy maqsad – avvalo, örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillaştiriş, uzluksiz ta’limning örta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy öquv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş tizimi amalda faoliyat körsatadi. ta’lim-tarbiya, öquv-uslubiy jarayonlari adabiyotlar axborot ta’minoti sifatini oşiriş hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlanişi va ularning kasbiy mahoratini oşirişga qaratilgan. Bunda universitet öz oldiga öquv fanlarini mutaxasisligi va malakasiga xos öqituvçilar bilan ta’minlaş, öquv adabiyotlari hamda kafedralarning öquv uslubiy işlanmalaridan örta maxsus, kasb-hunar ta’limida foydalaniş uçun imkoniyatlarni yaratiş, hamkorlikda öquv adabiyoti, uslubiy qöllanmalar, pedagogik texnologiyalar yaratiş hamda örta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oşirişga oliy ta’lim muassasalar professor-öqituvçilarining salohiyatini jalb etiş kabi vazifalarni belgilagan.
Bölim vazifalari va faoliyati:
- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qiliş;
- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining öquv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, taşkiliy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatni taşkil etiş, takomillaştiriş va rivojlantirişga ilmiy-uslubiy, taşkiliy va amaliy yordam beriş va hamkorlik qiliş;
- Örta maxsus, kasb hunar ta’limi töğrisidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq kollej va akademik litseylarda tayyorlanadigan mutaxassisliklar böyiça Davlat ta’lim standartlari, öquv rejalari va dasturlarini ekspertizadan ötkaziş, ularni amaliyotga joriy etilişini örganiş va tegişli taşkiliy-uslubiy yordam beriş;
- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan mutaxassisliklar öquv rejalari va dasturlariga muvofiq fanlar böyiça öquv adabiyotlari, öquv-uslubiy majmualar va öquv-didaktik materiallar işlab çiqiş va ularni öquv jarayoniga joriy etilişiga amaliy-uslubiy yordam beriş;
- Universitet professor-öqituvçilari kasb-hunar kollejlarining öquv rejalari, fan dasturlarini tayyorlaşda, ekspertiza qilişda doimiy iştirokini ta’minlaş;
- Universitet professor-öqituvçilari örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uçun yangi avlod öquv adabiyotlarini yaratişini ta’minlaş;
- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning iqtidorli öquvçilarini izlab topiş, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etiş;
- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar öqituvçilarining malakasini oşiriş, kompyuter va Internet savodxonligini, çet tilini biliş va undan amaliy foydalaniş malakasi, ilğor ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalaniş könikmalarini rivojlantirişga amaliy yordam körsatiş;
- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar öqituvçilarini, xususan, yoş iqtidorli pedagoglarini ilmiy-tadqiqot jarayoniga faol jalb etiş, akademik litseylar va kasb-hunar kollejda öqitilayotgan fanlar böyiça fan doktorlarini tayyorlaşga (jumladan maqsadli asosda) kömaklaşiş;
- Turli davra suhbatlari, tadbirlar, tanlovlar, seminar-treninglar ötkaziş;
- Universitet qoşidagi akademik litseylar öquvçilarining OTMlarga öqişga kiriş körsatkiçlari hamda öqişga kirmagan öquvçilarni "Abituriyentlar ştabi” ga jalb etiş va bandligini ta’minlaş;
- Universitet da akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öqituvçilarini jalb etgan holda uslubiy seminarlar taşkil etiş;
- Universitetning köplab tajribali va professor-öqituvçilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida örindoşlik hamda soatbay asosida öqituvçilikka jalb etiş;
- Universitet professor-öqituvçilarining oçiq darslariga akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari öqituvçilari iştirokini ta’minlaş;
- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öqituvçilari, öquvçilari uçun universitet axborot –resurs markazi hamda uning öquv zallaridan foydalanişlari uçun şaroitlar yaratiş;
- Akademik litseylar va kasb-hunar kollej bitiruvçilarini kasbga yönaltiriş va ularni işga joylaştiriş masalalarida hamkorlikda çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
- Akademik litseylar va kasb-hunar kollej öqituvçilari va öquvçilariga universitet Axborot-resurs markazidan foydalanişga imkoniyat yaratiş;
- Universitet bitiruvçilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollej ehtiyojiga muvofiq işga jönatiş;
- Akademik litseylar va kasb-hunar kollejda ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda seminarlar taşkil etiş, akademik litseylar va kasb-hunar kollejning xalqaro öquv va ilmiy-tadqiqot aloqalarini şakllantiriş va rivojlantirişga, öqituvçilar va öquvçilarni xalqaro ilmiy va öquv grantlarida iştirok etişlariga kömaklaşiş;
- Akademik litseylar va kollejda ma’naviy-ma’rifiy işlarni taşkil etiş, öquvçi-yoşlar böş vaqtlarini unumli taşkil etiş, öquvçilarda Vatanga muhabbat va sadoqat, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bölgan turli illatlarga qarşi mustahkam immunitet hosil qilişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirişga amaliy yordam körsatiş;
- Akademik litseylar va kollejning axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik salohiyatini takomillaştiriş va rivojlantirişga kömaklaşiş, universitetning Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi va Innovatsion ta’lim texnologiyalari markazidan litsey ehtiyojlariga muvofiq foydalanişga imkoniyat yaratiş va boşqalar;
- Universitetda bitiruvçilarni işga joylaştiriş böyiça "Karyera haftaligi”ga akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining rahbarlari, kadrlar bölimi xodimlari taklif etiş va ularga universitetda tayyorlanayotgan kadrlar töğrisida ma’lumot beriş hamda işga qabul qiliş böyiça şartnomalar imzolaşda amaliy yordam beriş.