
Zaynidinov Xakimjon Nasriddinovich - texnika fanlari doktori, professor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti “Sunʼiy intellekt” kafedrasi mudiri. U signallar va tasvirlarga raqamli işlov beriş sohasida taniqli olim.
Zaynidinov Xakimjon Nasriddinovich 1963 yil 29 martda tuğilgan. 1979 yili Аndijon viloyati, Izboskan tumanidagi 20–son Furqat nomli örta maktabni tugatgan. Öşa yili Toşkent politexnika institutiga (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti) öqişga kirib, 1984 yilda bitirgan.
Institutni bitirgaç, şu institutning “Informatika va xisoblaş texnikasi” kafedrasida stajyor tadqiqotçi, assistent lavozimlarida işladi. 1990 yilda Sankt – Peterburg davlat elektrotexnika universitetiga kunduzgi aspiranturaga öqişga kirdi va 1993 yilda aspiranturani nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiliş bilan yakunladi. Nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgandan söng yana Аbu Rayxon Beruniy nomidagi Toşkent davlat texnika universitetida katta öqituvçi, dotsent bölib işladi. 2003 yil yanvardan boşlab Toşkent axborot texnologiyalari universiteti (TАTU) dotsenti lavozimida faoliyat körsatgan. 2005 yilda esa uşbu universitetda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgaç, TАTUda professor, Аxborot texnologiyalari kafedrasi mudiri lavozimlarida işladi. Ikki yil davomida, yaʼni 2007–209 yillarda Janubiy Koreyaning Dongseo universitetida professor bölib işladi. Keyinçalik 2011 yildan 2014 yilgaça Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi Аkademiyasida “Boşqaruvda informatsion–kommunikatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat körsatdi.
X.N. Zayniddinovning ilmiy işlari maxsus protsessorlar, qurilmalar, tizimlar va ularning dasturiy vositalarini yaratişning nazariy va amaliy muammolariga bağişlangan.
X.N. Zayniddinovning ilmiy faoliyatini boşlanişi axborotni çiziqli va funktsional özgartirgiçlarni yaratiş va qöllaş bilan bevosita boğliqdir. Keyinçalik u, analog va raqam şaklidagi maʼlumotlarga birgalikda işlov beruvçi maxsus protsessorlar arxitekturalarini tadqiq etiş bilan şuğullanadi. X.N. Zayniddinov va uning şogirdlari tomonidan birinçi bölib amaliyotda keng qöllanişga möljallangan turli apparat-dasturiy majmualarni, maʼlumotlarga işlov berişning bölak-polinomial usullariga asoslangan maxsus hisoblaş vositalari yaratişning nazariy muammolari, ularni loyihalaş va sxemotexnikasiga doir muammolari tadqiq qilindi. Xozirgi kunda uşbu tadqiqotlar natijalari soğliqni saqlaş sohasida – biomeditsina signallariga işlov beriş axborot tizimlarida, seysmologiyada–seysmik signallarga raqamli işlov beriş tizimlarida, geofizika sohasida – köp ölçovli magnit va harorat maydonlariga raqamli işlov beriş tizimlarida, gidrolokatsiya sohasida– radiolokatsion signallarga işlov beriş natijasida obʼektlarni tutiş, ularning turini aniqlaş va boşqa sohalarda keng qöllanilmoqda.
1990 yillarning boşlarida X.N. Zayniddinov bölak-polinomial va splayn-funktsiya usullariga asoslangan samaradorligi va işonçliligi yuqori bölgan maxsus protsessorlarni yaratiş tamoyillarini işlab çiqişda Sankt-Peterburg Elektrotexnika universiteti olimlari bilan birgalikda faol qatnaşdi.
U 2000 yillarning ikkinçi yarmida Janubiy Koreya olimlari bilan birgalikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda faol qatnaşdi va silliq yuzalarni splayn-funktsiyalar yordamida modellaştiriş usullari, algoritmlari va dasturiy vositalarini yaratişga bağişlangan bir neçta ilmiy loyihalarga rahbarlik qildi.
Keyinçalik X.N. Zayniddinov Germaniyaning Olьdenburg şaxridagi Karla fon Osetskiy universiteti (nem. Carl von Ossietzky Universität Oldenburg) olimlari bilan hamkorlikda atrof muhitni ifloslanişini (ekologiyani) monitoring qiliş va başoratlaş usullari, modellari va apparat dasturiy majmualar yaratişda faol qatnaşdi.
Hozirgi kunlarda X.N. Zayniddinov va uning şogirdlari Belorussiyalik olimlar bilan birgalikda qöşma loyihalar doirasida turli sohalar uçun sunʼiy intellektga asoslangan aqilli IoT qurilmalar yaratiş yönalişida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Şuningdek X.N. Zayniddinov şogirdlari bilan ÖzR geologiya va mineral resurslar Davlat Qömitasi gidrogeologiya va injenerlik geologiya "Gidroingeo" ITI, Samarqand davlat meditsina universiteti, H. Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza Markazidagi özbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda veyvletlar va fraktallar asosida tasvirlarga raqamli işlov beriş usullari, modellari va algorimlarini yaratiş yönalişlarida ilmiy tadqiqot işlarini olib bormoqdalar
X.N. Zayniddinov olib borgan ilmiy tadqiqotlar özining originalligi bilan ajralib turadi, axborot texnologiyalarini rivojlanişiga katta hissa qöşadi va köp sohalarda keng qöllaniladi.
X.N. Zayniddinovning bevosita raxbarligi ostida va uning iştirokida xalq xöjaligida muxim ahamiyatga ega bölgan 30 dan ortiq ilmiy - tadqiqot işlari bajarilgan. U 7 ta monografiya, 40 dan ortiq öquv, öquv-uslubiy va 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, şu jumladan 50 dan ortiq guvohnoma va patentlar muallifidir. Uning ilmiy işlari Аngliya, Frantsiya, Germaniya, АQSh, Slovakiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya,Singapur, Malayziya, Indoneziya va Hindiston kabi mamalakatlarning nufuzli jurnallarida çop etilgan.
Hozirgi kunda X.N. Zayniddinov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti “Sunʼiy intellekt” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. X.N. Zayniddinovning rahbarligida 4 ta fan doktori (DSc.) va 12 ta fan nomzodi (PhD. tayyorlangan, uning bittasi Hindiston fuqarosi bölib, hozirgi kunlarda АQSh ning nufuzli universitetlarining birida faoliyat olib bormoqda.
X.N. Zayniddinovning faol ilmiy faoliyati, taşkiliy va jamoat işlarida munosib qatnaşişi, hamkasblariga bölgan xuşmuomalaligi, yoş olimlarni qöllab – quvvatlaşi kabi yuksak insoniylik fazilatlari tufayli hamkasblari, şogirdlari, talabalar hamda keng jamoatchilik örtasida yuksak hurmat eʼtiborga ega.



Saytga ötiş: https://h-zayniddinov.uz/index.php