Yetakchi tashkilot taqrizi

  • Asosiy
  • Yetakchi tashkilot taqrizi

Ixtisoslashgan kengash dissertatsiya bo‘yicha xalq xo‘jaligi va fanning tegishli sohasida yuqori yutuqlarga erishgan tashkilotlar (korxonalar)ni yetakchi tashkilot qilib belgilaydi.

Yetakchi tashkilotga taqriz uchun yuborilgan dissertatsiya, uning rahbari tomondan tegishli laboratoriya yoki bo‘limga muhokama uchun yuboriladi.
Yetakchi tashkilot taqrizida dissertatsiya natijalarining fan va ishlab chiqarishdagi ahamiyati bayon etiladi. Shuningdek, dissertatsiya natijalaridan foydalanishi bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladi, ya’ni unda quyidagilar aks etishi kerak:

  • bajarilgan ish mavzusining dolzarbligi;
  • dissertatsiyaning muallif qo‘lga kiritgan natijalarining fan va ishlab chiqarish uchun ahamiyati;
  • dissertatsiya ishi natijalari va xulosalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar;
  • dissertatsiyaning mazmuni va tuzilishiga oid umumiy kamchiliklar;
  • dissertatsiya va avtoreferat tili va stiliga baho.

Taqriz xulosasida dissertatsiyaning Uzbekiston Respublikasi VAK talablariga mosligiga baho berishdan tashqari, uning maxsus kengash xulosasi  kvalifikatsion belgisiga mosligi baholanadi.

Yetakchi tashkilot taqrizi tashkilot blankida (1 varaq) teriladi va ixtisoslashgan kengashga ikki nusxada taqdim etiladi, rahbar yoki uning o‘rinbosari tomondan imzolanib, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Tashkilot rahbari taqrizning ob’ektivligiga shaxsan ma’sul bo‘ladi uni kengashga himoyagacha 10 kun muddatdan kechiktirmay topshiradi. Taqriz namunasi ilovada keltirilgan.