Yetakçi taşkilot taqrizi

Ixtisoslaşgan kengaş dissertatsiya böyiça xalq xöjaligi va fanning tegişli sohasida yuqori yutuqlarga erişgan taşkilotlar (korxonalar)ni yetakçi taşkilot qilib belgilaydi.

Yetakçi taşkilotga taqriz uçun yuborilgan dissertatsiya, uning rahbari tomondan tegişli laboratoriya yoki bölimga muhokama uçun yuboriladi.
Yetakçi taşkilot taqrizida dissertatsiya natijalarining fan va işlab çiqarişdagi ahamiyati bayon etiladi. Şuningdek, dissertatsiya natijalaridan foydalanişi böyiça aniq tavsiyalar beriladi, ya’ni unda quyidagilar aks etişi kerak:

  • bajarilgan iş mavzusining dolzarbligi;
  • dissertatsiyaning muallif qölga kiritgan natijalarining fan va işlab çiqariş uçun ahamiyati;
  • dissertatsiya işi natijalari va xulosalaridan foydalaniş böyiça tavsiyalar;
  • dissertatsiyaning mazmuni va tuzilişiga oid umumiy kamçiliklar;
  • dissertatsiya va avtoreferat tili va stiliga baho.

Taqriz xulosasida dissertatsiyaning Uzbekiston Respublikasi VAK talablariga mosligiga baho berişdan taşqari, uning maxsus kengaş xulosasi  kvalifikatsion belgisiga mosligi baholanadi.

Yetakçi taşkilot taqrizi taşkilot blankida (1 varaq) teriladi va ixtisoslaşgan kengaşga ikki nusxada taqdim etiladi, rahbar yoki uning örinbosari tomondan imzolanib, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Taşkilot rahbari taqrizning ob’ektivligiga şaxsan ma’sul böladi uni kengaşga himoyagaça 10 kun muddatdan keçiktirmay topşiradi. Taqriz namunasi ilovada keltirilgan.

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:15