TATUning iqtidorli talabasi “Yil talabasi” Respublika tanlovi sovrindori bo'ldi!

  • Asosiy
  • TATUning iqtidorli talabasi “Yil talabasi” Respublika tanlovi sovrindori bo'ldi!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tomonidan talabalar oʻrtasida “Yil talabasi” Respublika tanlovi birinchi marotaba oʻtkazildi.Tanlovning “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Dasturiy injiniring fakulteti 3-bosqich talabasi Aktamov Shoxruxbek Ulugʻbek oʻgʻli faxrli 3-oʻrinni egalladi.


2019-yil 16-yanvarda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasida sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan bu tanlovda sovrindor boʻlish - bu juda ham katta yutuq! Kelgusida iqtidorli talabalarimizdan yana ham yuqori natijalarga erishishlarini kutib qolamiz!

O'QING: TATUning yosh olimasi “Yil ayoli” deb topildi!

TATU matbuot xizmati