Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali bitiruvchi talaba-yoshlariga diplom topshirildi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali bitiruvchi talaba-yoshlariga diplom topshirildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida bitiruvchi talaba-yoshlarga diplom topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.

2018/2019 oʼquv yilida 2 ta mutaxassislik boʼyicha tahsil olgan 5 nafar magistratura bosqichi talabalari magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, “Magistr” unvoniga ega boʼlishdi hamda ularga magistrlik diplomlari tantanali ravishda topshirildi.


Shuningdek, 5ta mutaxassislik boʼyicha tahsil olgan 255 nafar talaba-yoshlarga bakalavr diplomlari topshirildi. Tadbir davomida soʼzga chiqqanlar bitiruvchi yoshlarga kelgusida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga munosib xissa qoʼshishlari uchun muvaffaqiyatlar tiladi.

TАTU Qarshi filiali matbuot xizmati