Kompyuter injiniringi

Kompyuter injiniringi fakulteti 2013 yil 26 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Axborot texnologiyalari” fakulteti negizida tashkil topgan. Xozirgi kunda fakultetda 90 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.

Fakultetda 60610500-Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”, “Multimedia texnologiyalari”) 60610700-“Sun’iy intellekt” 60711500-“Mexatronika va robototexnika” 60611400-“Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatura va 70610501 – “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”,)”, 70610502– “Elektron hukumat tizimini boshqarish” 70610205- “Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari”, 70610504-“Ma’lumotlar ilmi (Data Science)”, 70610503-“Tibbiyotda kompyuter tizimlari”,  70611702-“Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari”, 70610701-“Sun’iy intellekt”, 70610505-“Internet ashyolari”, 70611401-“Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi” mutaxasisliklari bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

2023/2024 o‘quv yili bo‘yicha fakultetda kunduzgi ta’lim shaklining barcha ta’lim yo‘nalishlarida 1602 nafar talabalar tahsil olmoqda, 130 ga yaqin magistrantlar yuqoridagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qib, ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.


Fakultet ma’muriyati:

Kompyuter injiniringi fakulteti dekani

Kuchkorov Temurbek Ataxonovich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: (+99871) 207-59-45

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Karimov Abdulatif Botirovich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (+99871) 207-59-46

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

G‘ulomov Doniyor Zaynobidin o‘g‘li

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (+99871) 207-59-46

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Karimov Sardor Atxam o‘g‘li

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: (+99871) 207 59 46

FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO‘NALISHLARI

60610500    Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”, “Multimedia texnologiyalari”)

60610700    Sun’iy intellekt

60711500    Mexatronika va robototexnika

60611400    Pochta aloqasi texnologiyasi

FAKULTETNING MAGISTRATURA YO‘NALISHLARI

70610501  Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarini loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”)

70610502    Elektron hukumat tizimini boshqarish

70610503    Tibbiyotda kompyuter tizimlari

70610504    Ma’lumotlar ilmi (Data Science)        

70610505    Internet ashyolari

70610205    Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari

70611401    Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi

70610701    Sun’iy intellekt

70611702    Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari