E'lonlar

INKLYUZIV ELEKTRON TIJORAT TO‘GARAGI

Menu | 04-03-2026 | 13:40

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan ushbu to‘garak orqali siz elektron tijorat asoslari, marketing strategiyalari hamda onlayn savdo jarayonlarini real misollar asosida o‘zlashtirasiz.

BIZNES ANALITIKA KURSI

Menu | 04-03-2026 | 13:38

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida tashkil etilgan mazkur kurs sizga moliyaviy va marketing ma’lumotlarini chuqur tahlil qilish, jarayonlarni optimallashtirish hamda kelajak uchun asosli prognozlar tuzish imkonini beradi.

“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasida yangi kurs faoliyati boshlandi!

Menu | 02-03-2026 | 09:13

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi CityNet internet provayderi hamkorligida “Abonent kirish tarmoqlari hamda internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayder texnologiyalari” nomli yangi kurs tashkil etildi.

Xalqaro CanSat chempionatiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Menu | 02-03-2026 | 09:05

O‘z kosmik hikoyangizni boshlang! CANSAT xalqaro musobaqasi arizalar qabulini e’lon qildi. Jamoangizni tuzing va hoziroq ariza topshiring!