Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan qo‘rqmagan “ZAYChIK”lar

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o‘zining test sinovlarini o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish (identifikatsiya) va boshqarish tizimini joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Bu haqda universitetning tuit.uz saytida ham ma’lumotlar berib o‘tilgan edi (tanishing - https://tuit.uz/post/test).



Joriy yilning 5 iyul kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetining 450 nafar abituriyentlari uchun test imtixonlari o‘tkazildi. Biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida qo‘shtirnoq ichidagi “ZAYChIK” abituriyentlar aniqlandi. Foto lavhalar bilan tanishing:



Qo‘shtirnoq ichidagi “ZAYChIK” abituriyentlar “biometrik tizimni aldayman”, degan umidda harbiylar formasini kiyishga ham muyassar bo‘lganlar, natijada esa 16 ta “ZAYChIK” qopqonga tushdi.
Shu bilan bir qatorda, 100 dan ortiq mobil aloqa vositalari aniqlanib, test jarayoniga kiritilmadi. Foto lavhalar bilan tanishing:



Shu bilan bir qatorda diplom muqovasi ichiga konspiratsiya – yani yashirilgan telefonlar ham aniqlandi. Foto lavhalar bilan tanishing: