
Ushbu qo‘llanmada Generativ sun’iy intellektdan ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda samarali, xavsiz va axloqiy qoidalar asosida foydalanishga oid siyosiy va amaliy masalalar muhokama qilingan va tegishli tavsiyalar berilgan. Shuningdek, undan Generativ sun’iy intellekt modellarining ishlash tamoyillari, sun’iy intellektning ehtimoliy xavf omillari va ulardan qochish usullari, sun’iy intellektning inson erkinlilgiga ta’siri kabi qiziqarli savollarga javob olish mumkin.
Mazkur qo‘llanma asosan talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, ta’lim va tadqiqot sohasidagi hukumat vakillari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiquvchilarga mo‘ljallangan.
Qo‘llanma bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000393796