Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 357-son qarorlari bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tayanch ilm-fan va ta’lim klasteriga aylantirish, global mehnat bozori talablaridan kelib chiqib raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalarning ijrosi hamda mamlakatimizdagi yoshlarga oid davlat siyosatining natijasi sifatida 2022-yil 23-sentabr kuni Universitetning yana bir yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
🏛Bugun tashkil etilgan yangi o‘quv binoning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov boshchiligida Vazirlikning mutasaddi xodimlari, AKT soha korxonalari va tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdilar.
👩🏻🎓🧑🏻🎓Talaba yoshlar bilan uchrashuv jarayonida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov “Yangi o‘quv binosini ochishdan maqsad yoshlarning bilim olishlari, kelgusida AKT sohasini yanada rivojlantirishlari uchun qulay shart sharoitlar yaratish ekanligini ta’kidlab o‘tdi”.
🏛Ushbu yangi bino talaba yoshlarning ta’lim-tarbiya va tadqiqot faoliyatlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. TATUning Kompyuter injiniringi fakulteti uchun mo‘ljallangan mazkur 2 ta 9 qavatli bino 1500 talabalarga dars mashg‘ulotlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Bino zamonaviy talablariga javob beradigan 7 ta maʼruza xonasi, 21 ta o‘quv xonasi, 9 ta kompyuter sinfini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun WiFi bilan taʼminlangan relaks va self stadi hududlar yaratilgan.
🔹Ochilish marosimi yakunida universitetning Kompyuter injiniringi fakultetini rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi va u AKT vaziri Sh.Shermatov va soha korxonalari rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Ushbu yaratilayotgan keng imkoniyatlar va tashkil etilayotgan klasterda dunyoning yirik kompaniyalari, autsorsing eksportyorlari talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashinildi. Bundan tashqari, yoshlarning IT sohasidagi startap loyihalarini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida hakatonlar, ishlanmalar ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlar muntazam o‘tkazish uchun mazkur yangi bino o‘ziga xos ekotizimni ta’minlashiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
✅Foydalanishga topshirilgan yangi o‘quv bino mamlakatimiz AKT sohasi rivoji uchun oʼz hissasini qo‘shadigan, zamonaviy fikrlaydigan kreativ yoshlarni tayyorlashga hizmat qiladi.