XALQARO š… KUNI

Xalqaro š… kuni

 

Muxitdinova Mukaram. Artikova Muazzam

Har yili 14 mart kuni dunyoda eng noodatiy bayramlardan biri - Xalqaro Pi kuni nishonlanadi.

Bu kun birinchi marotaba 1988 yilda San-Fransiskodagi Eksploratorium ilmiy-ommabop muzeyida (San Francisco Exploratorium) nishonlangan va bu norasmiy bayram bir yil oldin San-Frantsiskolik fizik Larri Shou tomonidan ixtiro qilingan boā€˜lib, u Amerikaning sanalar tizimida (oy / sana) 14-mart kunini koā€˜rsatar ekan. 14-mart, ya’ni 3/14 š… = 3,14... sonining birinchi raqamlariga toā€˜gā€˜ri keladi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, eng taniqli fiziklardan biri, nisbiylik nazariyasi yaratuvchisi Albert Eynshteyn ham shu kuni tavallud topgan, (Albert Einstein, 1879-1955).

š… soni yunon soā€˜zi “aylana” va “perimetr” soā€˜zlarining birinchi harfi bilan belgilangan. š… soni 4000 yildan beri ma’lum.

21 mart 2015 yil Ginnesslar kitobida hind Rajvir Mina 70 ming raqamni yoddan bilgan va aytgan.

Eramizdan avvalgi 1900-1680 yillarda š… = 3,125 deb olingan. Qadimgi misrliklar eramizdan oldingi 1650 yilda š… = 3,1605 deb hisoblashgan.

Bizgacha yetib kelgan birinchi hisob Arximed tomonidan eramizdan oldingi 287-212 yillarda 3,1408 < š… < 3,1428 ga teng.

Tarixiy manba’larga qaraganda miloddan avvalgi 2800 yillarda Misrdagi Xeops piramidasini qurishda š… sonini bilishgan va hozirgi kompyuterdagi hisoblarga koā€˜ra Xeops ehromining kvadrat shaklidagi asos tomonlari uzunligi oā€˜lchanib, ularning yigā€˜indisi ehrom balandligining 2 xissa uzunligiga boā€˜linganda 3,14149, ya’ni verguldan keyingi 5 raqam bilan hisoblangan š… soni kelib chiqadi.

Markaziy Osiyoda IX asr boshlarida Al-Xorazmiy oā€˜nlik tizimni, ya’ni 0,1,..., 9 raqamlari, bu aslida hind raqamlari, lekin qiskartirilgan Sindihind asari arab tilida yozilgani tufayli dunyoga “arab raqamlari” deb tarqalib ketgan.

Xorazmda 1010 yilda, ya’ni XI asr boshida tuzilgan “Ma’mun akademiyasi” (biz uni hozir 1000 yillik Akademiya deymiz, I-renessans) birinchi prezidenti Beruniy (152 risolalar muallifi) š… sonini verguldan keyingi 8 raqamgacha hisoblab chiqqan.

XIV asr oxirlari XV asr boshlari yurtimizda fan rivoji, II-renessans davri. Amir Temurning nabirasi Ulugā€˜bek butun bilimi va kuch gā€˜ayratini ilm-fan taraqqiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlarga bagā€˜ishladi. Ulugā€˜bek yaratgan ilmiy va me’moriy merosining bir qirrasi boā€˜lmish rasadxona dunyodagi birinchi hisoblash markazi hisoblangan va u yerda shogirdlari matematik tadqiqotlar olib borish bilan birga juda katta hisoblash ishlarini bajarganlar.

Ulugā€˜bek maktabi yorqin namoyondalaridan biri Gā€˜iyosiddin al-Koshiy aql bovar qilmaydigan hisoblaridan biri š… soninini verguldan keyingi 17 raqamgacha hisoblab chiqqan, buning uchun u aylana ichiga chizilgan muntazam koā€˜pburchak tomonlari sonini koā€˜paytirib tobora aylanaga yaqinlashib bordi va shunday qilib tomonlar sonini ... 800 355 168 (!) ga yetkazgan!

š… sonining fanda qoā€˜llanilishi ancha keng. U arxitektura, aviatsiya va boshqa sohada deyarli har qanday hisob-kitob uchun ishlatiladi. Masalan, š… raqami samolyotning parvoz vaqtini va u bosib oā€˜tishi kerak boā€˜lgan masofani hisoblash uchun kerak. Statistikada š… i normal taqsimot egri chizigā€˜i ostidagi qiymatlarni hisoblash uchun ishlatiladi. Bu, masalan, soā€˜rov davomida respondentlarning ovozlari qanday taqsimlanganligini bilish uchun kerak.

Agar š… raqami boā€˜lmasa, gā€˜ildiraklar kvadrat boā€˜lar edi. Aylananing atrofi va maydoni ushbu doimiy orqali aniqlanadi va agar š… raqami boā€˜lmaganda, biz hamma narsani kvadratlarda oā€˜lchagan boā€˜lardik ...! š…R² - aylananing maydoni va š… siz qolgan narsa kvadratning maydoni. Shu nuqtai nazardan, yumaloq hamma narsa kvadrat boā€˜ladi) Shu munosabat bilan š… sonini oā€˜z faoliyatida juda koā€˜p qoā€˜llaydigan Universitetimiz jamoasini ushbu sana bilan tabriklab qolamiz!