Globallashuv davri deb nomlangan XXI asrning 20 yili boshlanishi bilan COVID-19 koronavirusi tarqalishi, mart oyidan boshlab dunyoning barcha davlatlarida, jumladan Oʻzbekistonda ham mobillikdan cheklanish va yakkalangan xolda ishlashga majbur boʻlgan chegaralanishlarni yuzaga keltirdi. Koronavirus bilan bogʻliq krizis universitetlardagi nafaqat taʼlim tizimiga, shu bilan birga milliy miqiyosdagi va xalqaro miqiyosdagi ilmiy va xamkorlik loyihalari rejasiga ham bir muncha oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmadi.
Bugungi kunda Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi ERASMUS+ dasturi doirasidagi barcha loyihalar (talabalar va professor oʻqituvchilarning mobilligidan tashqari) oʻz rejalari doirasida ish faoliyatini olib borishmoqda. 2020-yil 16-iyun kuni UNICAC loyihasi doirasid,- Sevilya universiteti (Ispaniya) - koordinator, Turin universiteti (Italiya), LAUREA universitei (Finlyandiya), Muxammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU), Mirzo Ugugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU), Xorog davlat universiteti (Tojikiston), Xoʻjand iqtisodiyot va savdo instituti (Tojikiston), hamda Xitoy xalq respublikasidan 3 ta universitet - Shinjon universiteti, Shimoliy - gʻarbiy politexnika universiteti va Shimoliy - gʻarbiy oʻrmon va qishloq xoʻjaligi universitetlari ishtirogida videokonferensiya boʻlib oʻtdi.
Virtual uchrashuv davomida xamkorlar bilan markaziy Osiyo va Xitoy universitetlari oʻrtasida Xalqaro aloqalar va Xalqaro munosabatlarni tashkillashtirish va boshqarish tizimini yaratish boʻyicha qilinishi muhokama qilindi.
Loyihaning eng asosiy yoʻnalishlarda biri boʻlgan talabalar va professor oʻqituvchilarning universitetlar oʻrtasidagi mabilligini taʼminlash va magistr talabalarga masofaviy maslaxatlar tashkil qilish va PhD larga ilmiy rahbarlik tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Videokonferensiyada yuqoridagi faoliyatni doimiy boshqarish va nazorat qilish uchun maxsus “Tarmoq” shakllantirish, ushbu tarmoqni shakllantirishda va boshqarish rejasini yaratishda TATU masʼul boʻlishi kelishib olindi.