«IT sohasidagi olima ayollar - 2023” mavzusidagi forum va ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

  • Asosiy
  • «IT sohasidagi olima ayollar - 2023” mavzusidagi forum va ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

2023-yil 9-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari universitetida «IT sohasidagi olima ayollar - 2023” mavzusidagi forum va ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Forum tashkilotchilari:
- O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
-O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti;

Forumning sho‘balari:

1-sho‘ʼba. Oliy taʼlim tizimini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash.
2-sho‘ʼba. STEM sohasidagi xotin-qizlar uchun kasbiy o‘sish va shaxsiy hayot muvozanati.
3-sho‘ʼba. Tabiiy va aniq fanlardagi olima ayollarni jahon rivojiga qo‘shayotgan hissasi.
4-sho‘ʼba. Xotin-qizlarning IT sohasidagi ishtiroki.
5-sho‘ʼba. Global ilm-fanda gender tengligi.

Forumning ishchi tillari: o‘zbek, ingliz, rus.

Forum va ko‘rgazmada oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari va korxonalarda ishlayotgan olimalar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda talaba qizlar qatnashishlari mumkin. Talaba qizlarning maʼruzalari ilmiy rahbarlari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.

Maʼruza matnlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

Matnlar 1 nusxa qog‘oz va elektron variantda bo‘lishi lozim. Maʼruza hajmi A4 formatida to‘liq 1 yoki 3 betdan iborat bo‘lib, o‘zbek yoki rus tillarida, ingliz tilidagi matnlar ruscha yoki o‘zbekcha (retsenzent uchun) tarjimasi bilan, WORD redaktorini 6.0 va undan yuqori versiyasida, Times New Roman tilida, 12 shrift, qatorlar orasi 1 intervalda, to‘rt tomonidan 20 mm qoldirilgan bo‘lishi lozim. Rasmlar jamlashtirilgan holda bo‘lishi kerak.

Maʼruza nomi katta harflar bilan o‘rtaga yoziladi, keyingi qatorga mualliflar familiyasi to‘liq va ismi hamda sharifining bosh harflari, kontakt uchun telefon, keyingi qatorga muassasa nomi (OTM va kafedra nomi), 1 intervaldan keyin maʼruza matni yoziladi.

Maʼruzadagi material yangi va ilmiy bo‘lishi lozim. Referativ tarzdagi maʼruzalar qabul qilinmaydi.

-forum doirasida nashr etiladigan maʼruzalar to‘plamiga kiritiladigan maʼruzaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yo‘naltirilganligi, shuningdek, maʼruzaga qo‘yiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maʼruzada keltirilgan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga eʼtibor qaratilishi kerak (masʼullar- maʼruzalar mualliflari).

- fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (masalan, muallif, OTM nomi bilan) nomlanishi lozim.

Shuningdek ishtirokchi o‘zining ismi, sharifi, ish joyi, egallagan lavozimi, telefon va telegram raqamlari hamda elektron manzilini alohida yozib topshirishi kerak.

Konferensiya offlayn va onlayn tarzda o‘tkaziladi. Tezislar joriy yilning 15-fevralgacha topshirilishi mumkin. Konferensiya materiallari elektron shaklda nashr etiladi.

Forumga ishtirokchilar ishlanmalarini noutbuk yoki mobil qurilmada o‘zi bilan olib kelishi so‘raladi.

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
100011, Toshkent, A.Temur ko‘chasi, 108. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti, anjuman tashkiliy qo‘mitasi ilmiy kotibi Beknazarova Saida, Sultanova Xilola.
Telefon va telegram raqam: +998 90 327 66-66, +998 99 812 75 99. Maqolalar saida.beknazarova@gmail.com email orqali qabul qilinadi.