Hurmatli universitet xodimlari va talabalari!

  • Asosiy
  • Hurmatli universitet xodimlari va talabalari!

#DIQQAT

🚫 So‘nggi kunlarda noma’lum shaxslar tomonidan universitet rahbariyati nomidan soxta Telegram profillari ochilib, o‘qituvchi va xodimlarga turli topshiriqlar berish hamda xabarlar yuborish holatlari kuzatilmoqda.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bugungi kibermakonda firibgarlar tomonidan tashkil etilayotgan bunday aldovlarga aldanmasligingizni qat’iy so‘raymiz.

❗️Iltimos, quyidagilarga alohida e’tibor bering:
— noma’lum yoki shubhali profillardan kelgan xabarlarga ishonmang;
— shaxsiy va maxfiy ma’lumotlaringizni hech kimga yubormang;
— moliyaviy masalalarga oid topshiriqlarni faqat rasmiy manbalar orqali tasdiqlang.

Aks holda, firibgarlar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishi yoki hisobingizdagi mablag‘larni noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirishi mumkin.

❗️Ogoh bo‘ling, yolg‘on xabarlarga aldanib qolmang.
Rasmiy manbaalar:
Rasmiy telegram kanal: @tuituz_official
Rasmiy sayt: tuit.uz
Rektorning murojaat boti: @taturasmiybot


Har qanday xabarlarni @tuitpress profiliga yuborish orqali tasdiqlatib olishingiz mumkin.