HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILAR VA ILMIY TADQIQOTCHILAR!

  • Asosiy
  • HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILAR VA ILMIY TADQIQOTCHILAR!

Sizni 2023-yil 1-fevral soat 14:00 da boʻlib oʻtadigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti” ixtisosligi boʻyicha ilmiy seminarga taklif etamiz.

KUN TARTIBI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning “Axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Saidrasulov Sherzod Norboy oʻgʻlining 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Elektron hukumat muhitida oʻzbek tilidagi fuqarolar murojaatlarini formallashtirish algoritmlari va dasturiy majmuasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi (soat: 14:00).

Vaqt: 2023-yil 1-fevral, soat 14:00

Manzil: F bino (yangi) 307 xona