Hurmatli professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar.

  • Asosiy
  • Hurmatli professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar.

E’lon!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar.

2022-yilning 20-22-oktyabr sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Intellektual inson-kompyuter aloqasi" - Intelligent Human Computer Interaction (IHCI) nufuzli Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tishi rajalashtirilgan.

Ushbu xalqaro konferensiyada "Ta’lim va ishlab chiqarish" forumi (Industry Forum) tashkil qilingan bo‘lib, mazkur forum doirasida yurtimizda IT sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniyalar va tashkilotlar bilan tajriba almashinuv uchun F2F (Face-to-Face) uchrashuv, taklif qilingan xalqaro hamkorlar bilan online muloqot hamda DevOps kurslari bo‘yicha workshop o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur workshop Kanadaning yetakchi va tajribali trenerlari tomonidan olib boriladi. Ushbu workshopda qatnashish istagida bo‘lganlar quyidagi havola orqali ro‘yhatdan o‘tishlari so‘raladi.

Workshop uchun ro‘yhatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/qaF8HrB4XHFMvmSv7

Barchangizni kutib qolamiz!