Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!

  • Asosiy
  • Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!

Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/05.05.2023.T.07.03 raqamli Ilmiy Kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy Kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:

  1. Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktoranti Geldibayev Begench Yegendurdiyevichning 05.01.11‑“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi bo‘yicha “Sensor maʼlumotlaridan foydalangan holda qoramollarda oqsoqlikni erta aniqlashning chuqur oʻqitish algoritmi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi, 2025-yil 24-dekabr soat 1400.
  2. Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktoranti Toliyev Xurshid Ilhamovichning 05.01.02-“Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” ixtisosligi bo‘yicha “Raqamlashtirilgan chorva fermalarida sut mahsuldorligini bashoratlash va boshqarishning ko‘p parametrli algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi, 2025-yil 24-dekabr soat 1600.