Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!

  • Asosiy
  • Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar!

Sizlarni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari,  majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” va 05.01.10‒«Axborot olish tizimlari va jarayonlari» ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminarda quyidagi dissertatsiya ishlari muhokamadan o‘tkaziladi.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Kuchkorov Temurbek Ataxonovichning 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha “Geoma’lumotlar va masofadan zondlash tasvirlariga raqamli ishlov berish usuli, algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 20-noyabr soat 1400.

Ilmiy maslahatchi: t.f.d., professor Djumanov Jamoljon Xudayqulovich.

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil tadqiqotchisi Xalilov Sirojiddin Panjiyevichning 05.01.10‒«Axborot olish tizimlari va jarayonlari» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan « Masofaviy ta’lim jarayonlarida tinglovchilar o‘quv faoliyatini videomonitoring qilish axborot tizimi, model va algoritmlari » mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi, 2025-yil 20-noyabr soat 1600.

Ilmiy maslahatchi: t.f.d., professor Xamdamov Utkir Raxmatullayevich

Ilmiy seminar 2025-yil 20-noyabr kuni soat 1400 da Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi TATU E bino 101-xonasida bo‘lib o‘tadi.

Zoom havola: https://us05web.zoom.us/j/4140805634?pwd=V0lmWFRRL0R6Tm56QTdRUHNoMWI3QT09&omn=81372937547

Zoom ID: 414 080 5634

Passcode: 1