23 may kuni Huawei kompaniyasi ( MCHJ XK "Huawei Tech Investment Tashkent") Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bilan hamkorlikda "Kelajak nihollari" yillik loyihasining ishtirokchilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi, unda universitetning 10 nafar talabasi amaliy tajribaga ega bo‘lish uchun Xitoyga yuboriladi. To‘rt yil mobaynida Huawei bu loyihani tashkillashtirib keladi va har yili TATU talabalari Xitoyga sayohat qilib, kompaniyaning ilmiy markazlarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar hamda ilg‘or texnologiyalar va AKT sohasidagi innovatsion echimlarni o‘rganadilar.
Bu yil kompaniya vakillari TATU mutaxassislari bilan birgalikda 2018 yilning 25 mayidan 8 iyunigacha Xitoyda o‘qitiladigan "Kelajak nihollari" loyihasi bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar talabani tanladi. Amaliyot davomida talabalarga telekommunikatsiya sohasidagi innovatsiyalar namoyon etiladi va 5G tarmog‘ini hamda IOT ishlanmalarini o‘rganish uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.
Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi yaqin va ishonchli hamkori hisoblanadi. Huawei kompaniyasining ko‘plab muhandislari va mutaxassislari ushbu universitet bitiruvchilari hisoblanadi. Mana bir necha yildirki kompaniya universitetning iqtidorli talabalari va yosh olimlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
“O‘tgan yili "Kelajak nihollari" loyihasining 4 nafar ishtirokchisi Pekinda bo‘lib o‘tgan "Bir yo‘l, bir makon" xalqaro sammitida ishtirok etgan va mazkur loyiha imkoniyatlarini 30 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlariga taqdim etganini ta’kidlash joiz. Bunday yuksak darajadagi voqelik va "Kelajak nihollari" dasturida ishtirok etish yoshlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularga Xitoy borasidagi eng yorqin taassurotlarni va kelajakka bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi", - dedi Davron Azizov, Huawei kompaniyasining korporativ aloqalar bo‘limi rahbari.
TATU talabalari orasidan eng yaxshi 10 nafarini tanlab olish uchun tashkil qilingan tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, unda 100 dan ortiq talabalari ishtirok etish istagini bildirdi.
"O‘tgan yili bizning talabalar mobil aloqa stansiyalari va kommutatsiya texnologiyalarini jadal montaj qilish bo‘yicha tashkil qilingan musobaqalarda ishtirok etib, Misr va Bahraynlik tengdoshlarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Biz talabalarimizning professionallik darajasi hamda ilmiy salohiyati xorijda ham yuksak e’tirof etilganidan juda fahrlandik. Huawei kabi bizning xalqaro hamkorlarimiz bilan ishlashni davom ettirish istagimiz kuchli va bu yilgi "Kelajak nihollari" dasturi talabalarga yuqori darajadagi yutuqlarni olib kelib, ta’lim jarayonida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ko‘nikmalar, g‘oyalar va yangi tajribalarni O‘zbekistonga olib kelishlariga ishonch bildirib qolamiz", - deya ta’kidladi TATUning O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Fayzulla Agzamov