Avstraliyalik bir AyTi mutaxassisi itini o‘limdan saqlab qolish uchun ChatGPT yordamida saratonga qarshi vaksina ishlab chiqdi.
💬 2019-yilda Pol boshpanadan Rozi ismli itni asrab oldi va 2024-yilda unga saraton tashxisi qo‘yildi. Shifokorlar yordam bera olmagach, Pol hammasini o‘z qo‘liga oldi:
⏺ Itining o‘smasi DNK sini sekvensiya qilish uchun 3000 dollar to‘ladi;
⏺ Tahlil natijalarini ChatGPT va AlphaFold ga kiritdi — neyron tarmoqlar mutatsiyaga uchragan oqsillarni aniqlashga va noldan mRNA vaksina ishlab chiqishga yordam berdi;
⏺ Pol barcha ma’lumotlarni shifokorlarga topshirdi. Ular esa biologiya bo‘yicha tajribasi bo‘lmagan odam bunday ishni qilganidan hayratda qolishdi;
⏺ Olingan ma’lumotlar asosida shifokorlar vaksina tayyorlashdi va bir necha haftalik davolanishdan keyin Rozi itining o‘smasi ikki baravar kichraydi, holati esa ancha yaxshilanadi;
⏺ Endi shifokorlar shu kabi usuldan insonlarni davolashda ham foydalanishlari mumkin.
Bunday tarzda sun’iy intellektdan foydalanishni biz ham qo‘llab-quvvatlaymiz.