O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

  • Asosiy
  • O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori:

Sultanov Djamshid Baxodirovich

Qabul vaqti: Chorshanba 16:00-18:00
Telefon: (+99871) 238-64-63

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning vazifalari

         O‘zbekiston Respublikasining  qonunlari, Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalarini amalga oshirish;

         davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, Davlat ta’1im standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar, kafedra mudirlari va pedagog kadrlar tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishlarini tashkil etish;

o‘quv jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarning ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or o‘qitish shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darslik va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini, darslik, o‘quv-uslubiy majmualar ta’minoti bo‘yicha nashr ishlarini tashkil etish;

pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

barcha ta’lim yo‘nalishlarini o‘quv reja va dasturlari bilan ta’minlash;

uslubiy kengashga rahbarlik qilish, o‘quv jarayonlarni ta’minlovchi bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

o‘quv uslubiy boshqarma, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishiga  rahbarlik qilish;

talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish;

o‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar tomonidan shaxsiy ish rejalari mavzulari bo‘yicha javob berish hamda bajarilishi ustidan nazorat olib borish va bajarilishini ta’minlash;

o‘quv rejalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallari, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini OTM xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda OTMning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;

iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat stipendiyasi, nomli davlat stipendiyalari sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etish, talabalar bilimlarini obektiv baholashni tashkil etish;

fanlarni o‘zlashtira olmayotgan talabalarni OTMdan chetlashtirish, o‘qishdan chetlashtirilganlarni tegishli tartibda qayta tiklash, talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, stipendiya tayinlash ishlarini tashkil etish hamda nazoratini olib borish;

o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish, kafedralar o‘quv yuklamalari va yillik hisobotlarini tahlil qilish va o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

talabalar mustaqil ta’lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni tashkil qilish;

professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish, kafedra mudiri va fakultet dekani lavozimlariga istiqbolli yoshlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, izlanuvchi va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

o‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;

birinchi kursga talabalikka qabul qilish ishlarini tashkil  qilish, dekanlarning talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, akademik ta’til berish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish;

OTM Kengashi rejasi asosida o‘quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashni tashkil qilish;

talabalar amaliyotlarini tashkil etish va o‘quv ishlarni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini tashkil etish;

o‘quv-uslubiy hisobotlarni belgilangan shakllarda rektoratga taqdim etishni ta’minlash;

o‘quv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etish bo‘yicha kafedralar faoliyatini nazorat qilish;

mehnat va o‘quv intizomini buzgan pedagoglarga nisbatan chora ko‘rish va ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

kafedra va fakultetlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlab bo‘lgan mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

OTMda tegishli tartibda pedagogik faoliyat samaradorligini baholash ishlarini tashkil etish, doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;

Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tashkil qilish, faoliyatini takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

OTM va akademik litseyning o‘quv va metodik aloqalarini tashkil etish va rivojlantirish;

OTM professor-o‘qituvchilarni akademik litseyi o‘quv jarayoniga jalb etish;

uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishida hamkorlikni tashkil etish;

akademik litsey faoliyati me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilganligi va ijro intizomiga amal qilinishi;

akademik litseyda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligining ta’minlanishi;

umumiy ta’lim maktablarining eng iste’dodli o‘quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi;

doimiy ravishda pedagog xodimlarning sifatli dars berish darajasini, ularning kasbiy hamda pedagogik mahoratini oshirib borilishi;

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq akademik litsey o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, o‘qishdan chetlashtirish masalalarini amaldagi
me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash;

akademik litseyning boshqaruv va pedagogik xodimlarini egallab turgan lavozimlariga qarab malaka oshirish kurslarida o‘tish bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda navbatdagi kalendar yilida malaka oshirish kurslarida o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini har yili 15-noyabrga qadar shakllantirish.