Hududiy ta’lim muassasalari va akademik litseylar bo‘yicha prorektor

  • Asosiy
  • Hududiy ta’lim muassasalari va akademik litseylar bo‘yicha prorektor

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektori:

To‘rayev Shavkat Shuxratovich

Qabul vaqti: Chorshanba 16:00-18:00
Telefon: (+99871) 207-59-51

Hududiy ta’lim muassasalari va akademik litseylar bo‘yicha prorektor lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va farmoyishlari,  Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

davlat ta’lim standartlari asosida xalqaro hamkorlik ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

o‘z vakolatlari doirasida Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog xodimlarning to‘liq bilishini ta’minlash;

mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, xalqaro aloqalar masalalariga oid masalalar bo‘yicha OTM Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tаshkil qilish;

ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa tegishli qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllari, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasidan keng foydalanishda OTMning tegishli tuzilmalariga yaqindan ko‘maklashish;

faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

Hududiy filialdan OTMga tashrif buyurgan pedagog xodimlarning o‘quv jarayonini ta’minlaydigan   bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

Hududiy fılialdan bo‘lim ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

Hududiy filiallar muassasalari bilan hamkorlikda o‘quv, amaliy va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni umumlashtirish;

Hududiy fılialdan nashr etilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallari, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlari bilan OTMning Axborot-resurs markazi (kutubxona) fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;

iqtidorli yoshlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlarini
qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va izlanuvchilar orasidan turli nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

Hududiy filial muassasalari bilan hamkorlik borasida professor-o‘qituvchilar va bo‘limlar xodimlari o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish;

OTM professor-o‘qituvchilarining xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishlari bo‘yichha rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

ijro intizomini buzgan Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimlariga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

kafedralar, fakultet va bo‘limlarning xalqaro hamkorlik borasidagi yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish,
professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

Hududiy filial bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya va  seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash;

o‘rnatilgan tartibda OTMning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid  ishlarni amalga oshirish;

OTMni (kafedralarni, tegishli tuzilmalarni) xalqaro hamkorlik shartlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;

ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida chet mamlakatlar akademik litseylari bilan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.