Harbiy kafedra

Harbiy kafedra boshlig'i:

Podpolkovnik Bobojonov O'tkir Kolonovich

Telefon: 0 371) 234-01-76 (harbiy kafedra boshlig'i), 234-02-23 (harbiy kafedra navbatchisi)
E-mail: vk@tuit.uz

TATU harbiy kafedrasi haqida

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (2002 yilgacha Toshkent elektraloqa instituti bo‘lgan) harbiy kafedrasi 1955 yilda tashkil etilgan. Tashkil topgan vaqtdan buyon va hozirda harbiy kafedra respublika qurolli kuchlari uchun zahiradagi ofitserlarni tayyorlaydi. Harbiy kafedrada harbiy tayyorlov mashg‘ulotlari 1956 yil 1-sentabrdan boshlangan. Dastlab kafedrada ikki mutaxassislik bo‘yicha zahiradagi ofitserlar tayyorlangan.Birinchi o‘quv yilida umumharbiy tayyorgarlik dasturi bo‘yicha kursantlar o‘qitilgan.

1957 yildan boshlab kafedrada harbiy texnik tayyorgarlik bo‘yicha darslar o‘qitila boshlangan. 2001 yilgacha kafedrada o‘qish muddati 2 yil bo‘lgan, ya’ni uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalari harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga qatnashishgan. 2002 yildan boshlab 2-kursni bitirgan talabalar harbiy kafedraga sinov asosida qabul qilina boshlandi va belgilangan sinovlardan o‘tgan talabalar bir yil mobaynida harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga qatnashadilar.

O‘quv yili oxirida so‘nggi bir oy davomida o‘quv yig‘ini tashkil qilinadi.O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin harbiy kafedraning moddiy va ma’naviy holatini zamon talabiga mos ravishda yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. Kafedrani tamomlagan ofitserlar hozirda O‘zbekistonning turli joylarida o‘z hizmatlarini davom ettirmoqdalar. Hozirgi kunda harbiy kafedra 4 mutaxassislik bo‘yicha zahiradagi ofitserlarni tayyorlab kelmoqda.

TATU harbiy kafedrasi 2-kursni tamomlagandan keyin tanlov bo‘yicha saralab olingan talabalar tarkibidan bir yil davomida aloqa qo‘shinlari vzvod komandirlari tayyorlanadi. Talabalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun haftada bir kun - harbiy tayyorgarlik kuni ajratiladi. 3-kurs talabalari o‘quv yili oxirida harbiy-dala lageri yig‘ilishlarini o‘tkazadilar va qasamyod qabul qiladilar.

Kafedra radiobosim va to‘siqlar stansiyalarini o‘rganish uchun kompyuterli sinflar bilan, virtual trenajyorlar, axborot va huquqiy ta'minlash mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sinflar bilan ta'minlangan. Harbiy kafedrada muvaffaqiyatli tayyorgarlikdan o‘tgan talabalarga bakalavr diplomini olganlaridan keyin O‘zbekiston Respublikasi mudofa vazirining buyrug‘i bilan "leytenant" harbiy unvoni beriladi.

TATU harbiy kafedrasining maqsad va vazifalari

    Harbiy kafedraning maqsadi - oliy o‘quv yurti talabalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zahiradagi ofitserlarni tayyorlashdir.Harbiy kafedraning vazifalari:

  • universitet talabalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zahiradagi ofitserlarni tayyorlash
  • oliy o‘quv yurti talabalarining etarli darajada harbiy bilim va malakalarga ega bo‘lishini ta’minlash.

TATU harbiy kafedrasi quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha zahiradagi ofitserlarni tayyorlaydi

  • Aralash aloqa qism va bo‘linmalarini qo‘llanishi
  • Qism va bo‘linmalarda o‘rta quvvatli radiostansiya va radioqurilmalarni qo‘llanishi
  • Axborot texnologiyalarini himoyalashni tashkil qilish
  • Axborot texnologiyalarini himoyasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti harbiy kafedrasida harbiy tayyorlov mashg‘ulotlari universitetdan ajralmagan holda olib boriladi. Oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlik dasturi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.

Harbiy kafedra mashg‘ulotlari ikki siklda olib boriladi. Hozirda kafedrada 12 nafar ofitserlar hizmat qilmoqdalar va ular 100 ortiq kafedra kursantlariga o‘zlarining hizmat va faoliyatlari davomida orttirgan harbiy bilim va ko‘nikmalarni,sohaning sir-asrorlarini o‘rgatmoqdalar.

Harbiy kafedrada o'qish uchun talabalar qabul qilinadigan ta'lim yo'nalishlari

5311200

Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish

5311400

Mobil aloqa tizimlari

5311300

Telekommunikatsiya

5610600

Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi)

5330300

Axborot xavfsizligi

Jami yillik qabul kvotasi 175 talabani tashkil etadi.

Tanlovning asosiy qoidalari va talablari quyidagilardan iborat

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqoroligi;
  • Ko‘rsatilgan tartibda shaxsiy ariza;
  • Ko‘rsatilgan tartibda shaxsiy bildirgi;
  • Harbiy hizmatga loyiqligi (tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra aniqlanadi);
  • Ko‘rsatilgan tartibda talabaning majburiyatlari.

Talabalar tanlovining asosiy mezoni quyidagilar hisoblanadi

  • intellektual qobiliyatni baholash;
  • jismoniy rivojlanish darajasini baholash (chidamiylik, kuch va  tezlik);
  • chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik darajasini test orqali baholash.

Harbiy kafedraga o‘qishga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar

  • Pasport nusxasi (yashash joyi ko‘rsatilgan);
  • Harbiy hisobida turganlikni ifodalovchi guvohnoma nus’hasi;.
  • Birinchi uch semestr ta’limi bo‘yicha reyting daftarchasining  nusxasi (fakultet dekani imzosi va muhri qo‘yilgan) – 2 ekz;
  • Fotosur’at 3,5 x 4,5 – 8 dona., 9 x 12 – 2 dona (jilosiz fotoqog‘ozda);
  • TATU Rektori nomiga ariza (dekan fakulteti tavsiyasi bilan);
  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri nomiga bildirgi.

Izoh: Hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning aslini, harbiy hisobida turganlikni ifodalovchi guvohnomani, reyting daftarchasini o‘zi bilan olib kelishi shart.

Harbiy kafedraga nomzod talabalarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun kerak bo‘lgan ma’lumotnomalari

  • Ruxiynevrologik dispanserdan;
  • Silga qarshi dispanserdan;
  • Teri-tanosil dispanserdan;
  • Narkologik dispanserdan;

Harbiy kafedraga nomzod talabalarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun kerak bo‘lgan tahlillari

  • Qonning umumiy tahlili (SOE, leykotsitlar, gemoglobin, eritrotsitlar);
  • Siydikning umumiy tahlili;
  • Ahlat tahlili (gijja tuxumlarini tekshiruvi bilan);
  • Qonning RW uchun tahlili (Vasserman reaksiyasi);
  • Qonning VICh uchun tahlili – kasal yuqtirganligini aniqlash;
  • Qonning bilirubin, ALT, AST, timologik sinovi, umumiy oqsil va gepatit virusi antigeni "V” (HBs Ag) tahlilini aniqlash uchun;
  • Elektrokardiogramma;
  • FGDS;
  • Ichki organlar UZIsi;
  • Ko‘krak qafasi organlarining flyuorografiyasi (familiya, ism shariflari va sanalari ko‘rsatilgan);
  • Burun bushlig‘ining flyuorografiyasi;
  • SPID markazidan keltirilgan sertifikat.

Harbiy kafedrada o‘qishni xohlovchilar uchun

Oliy ta’lim muassasalarining harbiy kafedralari O‘zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari uchun rezerv va zahiradagi ofitserlar tayyorlash maqsadida tashkil etiladi. Harbiy tayyorlovga oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi rejimida ta’lim oladigan erkak jinsidagi studentlar va shuningdek tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari(jinsidan qat’iy nazar) qabul qilinadi. Harbiy tayyorgarlikka sog‘ligi harbiy hizmat qilishga layoqatli 27 yoshgacha bo‘lgan talabalar jalb etiladi.

Harbiy tayyorlov o‘tkazish uchun talabalarni qabul qilish o‘rnatilgan tartibda ularning shaxsiy arizalari asosida o‘tkaziladi. Harbiy kafedraga talabalarni qabul qilish konkurs asosida amalga oshiriladi. Harbiy tayyorgarlikni o‘tash uchun studentlarni tanlab olish harbiy kafedrada o‘qish uchun konkursli tanlov o‘tkazish tartibi haqidagi qonun bilan tartibga solinadi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga qatnashadilar.Harbiy kafedrada oliy o‘quv yurtiga va talabaning sohasiga mos keluvchi harbiy mutaxassislik bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

Avval harbiy hizmatni o‘tagan talabalar rezerv va zahiradagi ofitserlarni tayyorlash o‘quv dasturi bo‘yicha harbiy tayyorlovdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Harbiy kafedralarning talabalarni harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari oliy ta’lim muassasalarining harbiy kafedralari auditoriyalarida, Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida va harbiy dala o‘quv maydonlarida o‘tkaziladi. Talabalar o‘quv guruxlariga bo‘linib mashg‘ulotlarga qatnashadilar. O‘quv guruxlarining shaxsiy tarkibi va komandiri harbiy kafedra boshlig‘i buyrug‘i asosida talabalardan tayinlanadi. Darslar nazariy va amaliy o‘quv kurslari asosida olib boriladi. Mashg‘ulotlar harbiy kundalik asosida dars soatlari,mustaqil tayyorgarlik soatlari va kuratorni o‘quv guruxi bilan ishlash soatidan iborat bo‘ladi.

O‘quv yig‘inlari harbiy mutaxassislik bo‘yicha talabalarni harbiy tayyorlashning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi, u oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasida olingan nazariy-harbiy bilimni mustahkamlash maqsadida tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi.O‘quv yig‘ini 30 kun davom etadi.

Harbiy tayyorgarlikni o‘tash davrida oliy o‘quv yurtida o‘rnatilgan tartibda talabalar bilim darajasi baholab boriladi.Barcha harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari va o‘quv yig‘ini o‘tgandan keyin talabalar o‘zlari o‘qigan harbiy mutaxassislik bo‘yicha davlat imtixoni topshiradilar. Davlat imtihonidan o‘tgan va to‘liq bakalavr kursini muvaffaqiyatli tamomlagan oliy o‘quv yurti talabalariga zahiradagi ofitser harbiy unvoni beriladi.

Harbiy tayyorgarlikka qatnashuvchi talabaning huquqlari:

  • harbiy sohaga tegishli bo‘lgan harbiy-ilmiy va ilmiy-tekshiruv ishlarning qatnashchisi bo‘lish;
  • harbiy kafedraning kutubxona fondidan va kafedrada mavjud bo‘lgan harbiy texnika va qurollarining o‘quv na’munalari,ko‘rgazmali qurollar,stentlar,maketlar va boshqalardan foydalanish.

Harbiy tayyorgarlikka qatnashuvchi talabaning majburiyatlari:

  • harbiy ishni vijdonan o‘rganish,belgilangan harbiy tayyorgarlik mutahassisligi bo‘yicha komandirlik,metodik va amaliy bilim va ko‘nikmalarni qunt bilan o‘rganish va o‘zlashtirish;
  • harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida harbiy nizomlar talablariga va harbiy kafedraning kunlik tartibiga amal qilish;
  • mashg‘ulotlar vaqtida kiyim-boshlar tozalangan,sochlar tartibga keltirilgan holda bo‘lish;
  • oldindan tayyorlangan o‘quv dasturi bo‘yicha barcha turdagi harbiy tayyorlov mashg‘ulotlariga har doim qatnashish,harbiy kafedralarda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish;
  • davlat va harbiy mulklarni asrab-avaylash,harbiy texnika va qurollarni ehtiyot qilish, harbiy qurollardan foydalanganda, harbiy texnika bilan ishlaganda va boshqa hollarda havfsizlik choralariga qattiq amal qilish,yong‘in havfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Harbiy tayyorgarlikni o‘tash davrida talabalarga quyidagi rag‘batlantirish va intizomiy ta’zirlar qo‘llanishi mumkin:

a) rag'batlantirishlar

  • avval belgilangan intizomiy ta’zirni bekor qilish;
  • minnatdorchilik e’lon qilish;
  • faxriy yorliq bilan mukofotlash;
  • qimmatbaho savg‘a bilan mukofotlash.

b) intizomiy ta'zirlar

  • ogohlantirish e’lon qilish;
  • qattiq ogohlantirish e’lon qilish;
  • harbiy kafedra boshlig‘i ko‘rsatmasi bo‘yicha oliy o‘quv yurti rektori tomonidan harbiy tayyorgarlikdan chetlashtirish.

O‘quv yig‘iniga jo‘natilishdan oldin sog‘lig‘i holatidan shikoyati bo‘lgan talabalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan o‘tib, sog‘lik holati harbiy hizmatga noloyiq deb topilgan talabalar o‘quv yig‘inidan ozod qilinadi va ofitserlar tarkibiga kiritilmaydi.

Harbiy kafedrada o'qishga kirish uchun jismoniy tarbiya fanidan asosiy meyoriy hujjatlar: harbiy kafedra.zip

Kafedra manzili:

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Qozitarnov ko‘chasi 29 uy.