Professional taʼlim muassasalari, akademik litsey va filiallar bilan ishlash boshqarmasi

  • Asosiy
  • Professional taʼlim muassasalari, akademik litsey va filiallar bilan ishlash boshqarmasi

 

 

Bo‘lim boshlig‘i:

vakant

Qabul vaqti: Seshanba – Payshanba (14:00-16:00)
Telefon: 
E-mail:

Bo‘lim nоmi: Professional taʼlim muassasalari, akademik litsey va filiallar bilan ishlash boshqarmasi

Bo‘lim faоliyati haqida ma’lumоt: O‘quv ishlari bo‘yicha filiallar bilan ishlash bo‘limi bоshlig‘i universitet rektоri buyrug‘i bilan tayinlanadi va bevоsita o‘quv ishlari prоrektоriga bo‘ysunadi.

Tоshkent axbоrоt texnоlоgiyalari universitetining Nukus, Urganch, Qarshi, Samarqand va Farg‘оna filiallari O‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 sоn "Axbоrоt texnоlоgiyalari sоhasida kadrlar tayyorlash tizimini takоmillashtirish to‘g‘risida”gi Qarоri, O‘zbekistоn Respublikasi Оliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 14 iyundagi 130-sоn "Оliy ta’lim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizоmni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekistоn alоqa va axbоrоtlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-sоn taqdimnоmasini amalga оshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan mintaqaviy filiallar sifatida tashkil etilgan. Bo‘lim hududiy filiallarda o‘quv jarayonining O‘zbekistоn Respublikasi Оliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda universitet tоmоnidan ishlab chiqilgan O‘zbekistоn uzluksiz ta’limining Davlat ta’lim standartlari, Оliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari asоsida tashkil etish, o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, o‘quv ishlari hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy faоliyatni rivоjlantirish, o‘quv jarayoniga yangi axbоrоt va pedagоgik, zamоnaviy ta’lim texnоlоgiyalarini jоriy etish, o‘quv jarayoni samaradоrligini оshirish, mоddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, o‘quv jarayonini Ta’lim to‘g‘risidagi qоnunlarga muvоfiqligini nazоrat qilish bo‘yicha amalga оshiriladigan ishlarni muvоfiqlashtiradi.

Bo‘lim vazifasi:

  • hududiy filiallarda o‘quv jarayoni tashkil etilishini Оliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga, Оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekistоn Respublikasi Axbоrоt texnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligining o‘quv jarayoni bo‘yicha o‘rnatilgan talablari va nоrmativ xujjatlariga mоsligini ta’minlash, o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, filiallarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini muvоfiqlashtirish;
  • universitet va turdоsh оliy ta’lim muassasalarining alоqa va axbоrоtlashtirish sоhasiga dоir ishlab chiqilgan yangi ta’lim texnоlоgiyalariga asоslangan zamоnaviy axbоrоt va pedagоgik texnоlоgiyalarni hududiy filiallarning o‘quv jarayoniga tadbiq etish;
  • universitet va uning hududiy filiallari o‘rtasida o‘quv ishlari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqоt ishlarini takоmillashtirish hamda o‘zarо tajriba almashishlarni rivоjlantirish;
  • hududiy filiallarning o‘quv jarayoni samaradоrligini оshirish va mоddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

NIZOM


I. Umumiy qoidalar
1.1. Professional taʼlim muassasalari, akademik litsey va filiallar bilan ishlash boshqarmasi (keyingi oʼrinlarda – Professional taʼlim boshqarmasi) universitetning tarkibiy tuzilmasiga kiradi va oʼquv yillariga tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Professional taʼlim muassasalari, akademik litsey va filiallar boʼyicha prorektorga boʼysunadi.
1.2. Professional taʼlim boshqarmasi 2020 yil 23 sentyabrdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi OʼRQ-637-son qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Аxborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-91-son qarori, 2013 yil 26 martdagi “Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-1942-son qarori, 2017 yil 15 martda “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2834-son qarori, 2016 yil 09 sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” Oʼzbekiston Respublikasi prezidentining PF-5812 Farmoni Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyulda “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 569-son qarori, 2021 yil 07 maydagi “Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 288-son qarori asosida oʼz faoliyatini yuritadi.
1.3. Professional taʼlim boshqarmasini Rektor buyrugʼiga asosan ishga qabul qilingan boshqarma boshligʼi boshqaradi.
1.4. Professional taʼlim boshqarmasi tarkibiga tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq Professional taʼlim boshqarmasi boshligʼi va Professional taʼlim boshqarmasi, bosh mutaxassisi yetakchi mutaxassisi va uslubchisi lavozimlari kiradi.
1.5. Professional taʼlim boshqarmasi boshligʼi va uning tarkibidagi lavozimlar Rektor tomonidan alohida tasdiqlangan lavozim yoʼriqnomalari asosida ish olib boradi.II. Professional taʼlim boshqarmasini asosiy vazifalari

2.1. Professional taʼlim boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- universitetning hududiy filiallari akademik litsey va texnikumlarmda taʼlim jarayonini ilgʼor ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tuzilmalarini davlat taʼlim standartlari, yangilangan malaka talablari va asosiy oʼquv-meʼyoriy hujjatlari bilan taʼminlash;
- universitet hududiy filiallarida, akademik litsey va texnikumlarda oʼquv jarayonini tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
- universitet hududiy filiallar akademik litsey va texnikumlarning oʼquv, oʼquv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- hududiy filiallar, akademik litsey va texnikumlarda oʼquv jarayonini boshqarishdagi meʼyoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- universitet hududiy filiallar, akademik litsey va texnikumlarda taʼlim jarayonini zamon talablari asosida takomillashtirish va rivojlantirish boʼyicha universitet rahbariyatiga va Kengashiga tavsiyalar kiritish;
- universitet, shuningdek filiallar fakulьtetlari, kafedralari va tuzilmalarining xamda akademik litsey va texnikumlarning oʼquv ishlarda erishgan ilgʼor yutuqlarini umumlashtirish va barcha filiallarning taʼlim jarayoniga tadbiq qilish;
- hududiy filiallarda akademik litsey va texnikumlarda talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʼgʼrisida yangi nizomni amaliyotga tadbiq etish;
- hududiy filiallar, akademik litsey va texnikumlarda professor-oʼqituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
- filiallar akademik litsey va texnikumlar professor-oʼqituvchilari va talabalarining davomatini tahlil etish, oʼquv intizomiga rioya qilishini monitoringini amalga oshiri;
- filiallarning akademik litsey va texnikumlarning kafedra va dekanatlarida asosiy ish hujjatlarini yuritilishini muvofiqlashtirish;
- filiallar, akademik litsey va texnikumlarning faoliyatini oʼrganish;
- oʼquv-meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan universitet “Oʼquv-uslubiy boshqarma”siga takliflar kiritish;
- filiallar, akademik litsey va texnikumlarning universitet bilan fakulьtetlararo va kafedralararo hamkorligini amalga oshirilishini tashkil qilish;
- filiallarning oʼzlariga biriktirilgan axborot texnologiyalari yoʼnalishidagi texnikumlar, ixtisoslashtirilgan IT-maktablar, akademik litseylar va kollejlar bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish;
2.2. Professional taʼlim boshqarmasi oʼz faoliyatini universitetning Professional taʼlim muassasalari, akademik litsey va filiallar boʼyicha prorektori tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi.

III. Professional taʼlim boshqarmasini tashkiliy tuzilmasi

3.1. Professional taʼlim boshqarmasida: 1 nafar boshqarma boshligʼi 2 nafar bosh mutaxassis 2 nafar yetakchi mutaxassis va 2 nafar uslubchi faoliyat yuritadi. Professional taʼlim boshqarmasi barcha xodimlari boshqarma boshligʼisha boʼysungan holda lavozim yoʼriqnomalariga binoan taqsimlangan vazifalarni bajaradilar.
3.2. Professional taʼlim boshqarmasining xodimlarning soni u amalga oshiridigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga koʼra universitet Rektori tomonidan, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirliklari tomonidan tasdiqlangan xodimlarning umumiy soni doirasida belgilanadi.
3.3. Professional taʼlim boshqarmasining oʼz yoʼnalishiga tegishli faoliyat yuzasidan fakulьtet dekanlari, kafedra mudirlari, boshqarma va boʼlim boshliqlari, markaz rahbarlari bilan hamkorlik qilishi mumkin.
3.4. Professional taʼlim boshqarmasining samarali faoliyat olib borishi uchun universitet rahbariyati tomonidan quyidagi tegishli sharoitlar yaratiladi:
- ish kabineti, kabinet va ish jihozlari;
- kompьyuter majmuasi, orgtexnika, ichki va tashqi telefon aloqalari;
3.5. Professional taʼlim boshqarmasining asosiy vazifalari va tashkiliy tuzilmasini oʼzgarishi universitet Kengashi qarori asosida Rektor buyrugʼi bilan amalga oshiriladi.IV. Professional taʼlim boshqarmasining javobgarligi

4.1. Professional taʼlim boshqarmasi quyidagilarga javobgardir:
- mazkur Nizomda belgilangan vazifa va funktsiyalarni bajarilishiga;
- universitetda belgilangan mehnatni muhofaza qilish va havfsizlik texnikasi qoidalariga hamda yongʼinga qarshi xavfsizlik choralariga rioya qilinishiga;
- universitetning Ichki tartib-qoidalariga va ijro intizomiga rioya etilishiga;
- oʼquv yili uchun kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishchi oʼquv rejalarni filiallarga yuborilishiga hamda filiallardagi oʼquv mashgʼulotlar dars jadvallarining ishchi oʼquv rejalariga mosligiga;
- filiallar, akademik litsey va texnikumlar boʼyicha professor-oʼqituvchilarni malaka oshirish rejasini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirishga;
- universitet filiallar akademik litsey va texnikumlar boʼyicha statistik maʼlumotlarni toʼplab, rahbariyat bilan kelishgan holda oʼrnatilgan tartibda yuqori tashkilotlarga hisobot berilishiga;
- yakuniy Davlat attestatsiyasi, BMI, magistrlik dissertatsiya himoyalarini oʼtkazish jadvallarining bajarilishini nazorat qilinishiga;
- filiallar, akademik litsey va texnikumlar boʼyicha talabalar davomatini tekshirish, darslar olib borilishini monitoringini olib borilishiga.