Dissertatsiya ishining dastlabki ekspertizasi

  • Asosiy
  • Dissertatsiya ishining dastlabki ekspertizasi

Hozirgi vaqtda barcha mutaxassisliklar va fan sohalari bo‘yicha dissertatsion ishlar ekspertizasining barcha bosqichlarda baholashning yagona ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Dissertatsiya ishlariga yagona mezon va me’yoriy talablarning yo‘qligi dissertatsiya ishlarining fan va mutaxassisliklar, shuningdek ixtisoslashgan kengashlarda muayyan dissertatsiya ishlari o‘rtasida sifatining yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda. Xuddi shunday yo‘qotish tadqiqotchilarning professional va intellektual salohiyatida ham kuzatilmoqda.

Keyingi 3-4 yil ichida dissertatsiya ishlarining tahlili dolzarblik, ilmiy yangilik, amaliy ahamiyati, xulosalar, aprobatsiya va tadqiq etishga yagona mezon va talablarning yo‘qligini tasdiqladi.

Ko‘pchilik dissertatsiya ishlarida dolzarblik ilmiy asoslanmagan. Dolzarblikning mezon jihatdan baholash uchun mamlakatimizdagi qiyosiy tahlili kerak.

So‘nggi 5-6 yillardagi taqqoslanayotgan ishlanmalarning asosiy ko‘rsatkichlari berilgan klassifikatsion jadval ilmiy asoslanishga illustrasiya vazifasini bajarishi kerak.
Ishlab chiqilayotgan ilmiy-tadqiqot mavzusining patent sofligi kabi mezonni kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ilmiy tadqiqotlarning afzalligi va talabgirligi dolzarblikning muhim bahosi hisoblanadi.

Dissertatsion tadqiqotlarning muhim baho xarakteristikasi bir dissertatsiyani ikkinchisidan prinsipial farqlovchi ilmiy yangiligi hisoblanadi. Afsuski, ilmiy yangilikning umumiy ta’rifi nazariy natijalarning mohiyatini ochib bermaydi, dissertatsion ishlar sifati, ularning fundamental yoki amaliy mohiyatini baholash imkonini bermaydi.

Ilmiy yanglikka mezon talablari quyidagicha bo‘lishi kerak:

  • Ilmiy yutuqlar mohiyatini qisqa va aniq aks etishi kerak;
  • Asosiy nazariy qoidalarni ochib berishi kerak.

Har bir dissertatsiya ishining so‘nggi maqsadi uning amaliy ahamiyati, iqtisodiyotga, ishlab chiqarishga, ijtimoiy sohaga va h.z. tadbiq etish hisoblanadi.

Ilmiy izlanishlarning asosiy ahamiyati mezoni uning amaliyotga keng tadbiq etilishi. Afsuski, aksari dissertatsiya ishlarida eksperimental tadqiqotlar va aprobatsiya natijalari, tadbiq etish, ijtimoiy  va iqtisodiy samaralar bo‘lishi yo‘q.

Hozirgi vaqtda OAKda amaliy ahamiyat, aprobatsiya va tadbiq etishga dissertatsiya ishi sifatini oshirishning asosiy omillari sifatida qaralmoqda.

Dissertatsiya ishlarini ta’lim, fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishga tadbiq etish monitoringi tizimi ishlab chiqilmoqda.

Tadqiqotlarning ilmiy ahamiyati va tan olinishi uning natijalarining mamlakatimiz va xorij nashriyotlarida e’lon qilinishi bilan belgilanadi.

Shuni qayd etish kerakki, ushbu mezon dissertatsiya ishining barcha bo‘g‘imlari bo‘yicha ilmiy natijalarni nashr etishni o‘z ichiga oladi. Ayrim ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari rahbarlarining dissertatsiya ishini minimal publikatsiyalar bilan himoya qilinishiga intilishni dissertatsiya ishi sifatiga va tadqiqotchilarning ijodiy faolligiga ta’sir etmoqda.

Ayrim sohalarda hammualliflar sonining oshishi mustaqil olimning shakllanishi va ijodkor shaxsning tarbiyalanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada ilmiy tadqiqotga tadqiqotchining shaxsiy ulushining qo‘shilishi o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu baholash aniq tushuntirilishini va ilmiy seminar, ixtisoslashgan kengashda, ilmiy rahbar va rasmiy opponentlar taqrizlarida asoslab berilishi kerak.

Qator sohalardagi dissertatsiya ishlarining tahlili xulosalarga yagona talablarning yo‘qligini aniqladi, ular xuddi shunday avtoreferatlarda ham yo‘q ekan. Ma’lumki, xulosalar dissertatsiyaning asosiy natijasi hisoblanadi va uning formulirovkasi, ilmiy asoslanganligi –bu dissertatsiyaning asosiy baho mezoni, tadqiqotchining ilmiy tafakkuri va zakovatini ko‘rsatkichi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan dissertatsiya ishini baholashning yana ikkita mezoni ishlab chiqilgan.

Birinchidan, dissertatsiya ishining 12 yil ichidagi himoyalangan dissertatsiyalar bilan taqqoslash elektron ekspertiza tizimi. Ushbu mezon dissertatsiya nomi, annotatsiyasi, ilmiy yangiligi, xulosalar, kalit so‘zlar va h.z. o‘xshashlik foizini aniqlash imkonini beradi.

Ikkinchidan, eksperimental natijalar to‘g‘riligi mezoni. Eksperiment natijalarini statistik ishlash to‘g‘riligi maxsus kompyuter dasturi tomonidan tekshiriladi.

Ilmiy ishlanmalarning ijodiy faolligi va samaradorligi, ularning himoyalanganligi va xorijiy analoglar bilan raqobatbardoshligiga mualliflik guvohnomalari va natijalari yordam beradi. Bir vaqtning o‘zida yoki tadqiqotchilarning ixtirochilik va intellektual mulk rivojiga keng jalb etish mexanizmi yaratiladi.

Ekspertiza algoritmi shundan iboratki, kafedra, ilmiy laboratoriya, ilmiy seminar yuqorida qayd etilgan barcha mezonlar bo‘yicha baho beradilar. Opponentlar, yetakchi tashkilotlar, taqrizchilar ham xuddi shunday baho beradilar. Barcha baholar va  dissertatsiya ishi muhokamasi asosida ixtisoslashgan kengash himoyaga berilgan qoida va  xulosalar bo‘yicha o‘z xulosasini beradi.

Asosiy mezon talablari va ilmiy darajaga tadqiqotchining adekvatligi ekspertizasi natijalari OAKda yakuniy ekspertiza o‘tkazish uchun taqdim etiladi.

Dissertatsiya ishini ekspertiza qilishning birinchi bosqichi tadqiqotchi biriktirilgan korxonada boshlanadi.

Ekspertiza natijalari xulosali ko‘chirma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar aks etishi kerak:

  • dissertatsiya natijalarida tadqiqotchining muayyan ishtiroki;
  • o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarining to‘g‘rilik darajasi;
  • yangilik va amaliy mohiyati;
  • tadqiqotchining ilmiy ishlari ahamiyati;
  • himoyaning ilmiy doklad ko‘rinishida bajarilishining maqsadgi muvofiqligi;
  • dissertatsiya mos keladigan ixtisoslik;
  • dissertatsiya materiallarining muallif e’lon qilgan ishlarda to‘liq aks etganligi.

Kafedraning kengaytirilgan yig‘ilishi  bayonnomasidan olingan ko‘chirmani tayyorlash namunasi 9-ilovada keltirilgan.

Kengashda dissertatsiyani dastlabki ko‘rib chiqish prsedurasiga binoan ixtisoslashgan kengash a’zolaridan iborat komissiyaga dissertatsiya bilan tanishib chiqish va uning ixtisoslashtirilgan kengash profiliga mosligi haqida xulosani taqdim etishni topshiradi. Dissertatsiyaning kengash profiliga mos kelishi to‘g‘risidagi xulosada quyidagilar bo‘lishi kerak:

  • ushbu kengashga dissertatsiya himoyasini o‘tkazish huquqi berilgan mutaxassislik va fan sohasining mosligi;
  • muallif chop ettirgan ishlarda dissertatsiya materiallarining to‘liq bayoni;
  • natijalarning fan va amaliyotdagi ahamiyati.

Dissertatsiyaning kengash profiliga mosligi to‘g‘risidagi xulosada shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan dissertatsiyani yetakchi tashkilotga biriktirish, opponentlarni tayinlash, zarur hollarda –kengash tarkibiga qo‘shimcha a’zolarni kiritish to‘g‘risida takliflar ham beriladi.

Ixtisoslashgan kengash ekspert komissiyasining xulosasiga namuna 10-ilovada keltirilgan. Ixtisoslashgan kengashning dissertatsiyani himoyaga qabul qilish to‘g‘risida ijobiy xulosasi olingach, xuddi shu komissiya dissertatsiya bo‘yicha ixtisoslashgan kengashning xulosa loyihasini tayyorlaydi, shuningdek axborotga avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun klassifikatsion belgilarini aniqlaydi. Xulosa loyihasini tayyorlash uchun komissiya kafedralar, laboratoriyalar, ushbu tashkilot sektorlari yoki bo‘limlaridan zarur mutaxassislarni jalb etishi mumkin.

Kengash xulosasi quyidagi punktlarni o‘z ichiga oladi:

  • shaxsan tadqiqotchi tomondan qo‘lga kiritilgan salmoqli ilmiy natijalar;
  • natijaning to‘g‘rilik darajasi;
  • ilmiy natijalarning yangilik darajasi;
  • olingan natijalarning fan va amaliyot uchun ahamiyati;
  • tadqiqot natijalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar;
  • dissertatsiyaning klassifikatsion bahosi.