Umumiy qoidalar

1. Uşbu Nizom «Ta’lim töğrisida» va «Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qiliş tartibini belgilaydi.

Uşbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Oliy ta’lim muassasalari qabulni Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va tölov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oşiradilar.

3. Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qiliş Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi (keyingi örinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari natijalariga köra töplangan ballarning reyting tizimi böyiça amalga oşiriladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul barça uçun (ham grantlar, ham tölov-kontrakt böyiça) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oşirilib, test sinovlarida eng yuqori ball töplagan abiturientlarning davlat grantlari böyiça birinçi navbatda qabul qiliniş huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan tölov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qiliniş huquqiga egadirlar.

Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi böyiça ta’lim yönalişlari, öqitiş tillari va şakllariga köra alohida ötkaziladi.

Test sinovlari, şuningdek ularni ötkaziş tartibini belgilaş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oşiriladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini ötkaziş uçun zarur şaroitlarni ta’minlaydilar.

4. Test sinovlari uç tilda — özbek, rus, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida ötkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim yönalişlari böyiça öqitiş tili, Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinişiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Abiturient test sinovlarini oliy ta’lim muassasasida öqiydigan tilda topşiradi.

Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yönalişlari röyxati va test böyiça ularga muvofiq keluvçi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan işlab çiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Abiturient çet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri böyiça test sinovi topşiradi. Abiturient öqigan çet tilidan qat’i nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) çet tilidan test topşirişi mumkin.

Agar umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari ötilmasdan boşqa çet tillari öqitilgan holda, şu çet tilidan test sinovi örniga köp balli tizim böyiça imtihon topşiriladi.

Oliy ta’limning ayrim yönalişlari böyiça test sinovlari bilan bir qatorda qöşimça kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladigan ta’lim yönalişlari röyxati Davlat test markazi hamda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan işlab çiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

5. Ayrim ta’lim yönalişlari böyiça öqitiş tojik, qozoq, turkman va qirğiz tillarida olib boriladigan ta’lim yönalişlariga qabul köp balli tizim böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oşiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladigan ta’lim yönalişlari röyxati Davlat test markazi hamda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan işlab çiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Uşbu ta’lim yönalişlariga arizalar umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini faqat körsatilgan tillarda tugatgan abiturientlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, köp balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yiğindisi şaxsan oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.

6. Umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyğur tilini çet tili sifatida öqigan abiturientlar mazkur tildan köp balli baho tizimi böyiça imtihon topşiradilar, qolgan fanlar böyiça esa test sinovlaridan ötadilar.

Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va fransuz filologiyasi) yönalişi böyiça öqişga kiradigan abiturientlarga nisbatan qöllanilmaydi.

Uşbu fanlar böyiça yagona dastur va baholaş mezonlari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

7. Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va köp balli imtihonlarni ötkaziş 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

8. Oliy ta’lim muassasalariga közi ojiz abiturientlarni qabul qiliş 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

9. Respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida taşkil etilgan 3 yillik «Oliy hamşiralik işi» ta’lim yönalişiga qabul faqat örta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumot (hamşiralik, akuşerlik işi va feldşerlik) negizida amalga oşiriladi. Mazkur yönaliş böyiça test sinovlari bilan bir qatorda qöşimça kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkaziladi.

10. Oliy ta’lim muassasalari tarkibida taşkil etilgan maxsus sirtqi bölimning ta’lim yönalişlariga qabul faqat tegişli yoki turdoş ta’lim yönalişiga muvofiq örta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uç yil amaliy iş stajiga ega bölgan, işlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oşiriladi.

Sönggi yangilaniş: 03.11.2026 11:15