Qisqa muddatli maktab

“Qishki maktab - 2017” dasturida TATU ning 10 nafar talabalari ishtirok etmoqda.

Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining 10 nafar talabalari Rossiya Federatsiyasining professor M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida «Qishki maktab - 2017» dasturi bo‘yicha «Internet Veshey (IoT)» yo‘nalishiga oid 2 haftalik o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda.
Talabalarga o‘quv kurslari davomida SPbGUT ning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan IoT konsepsiyasi, rivojlanish tendensiyasi va IoT qurilmalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishda foydalaniladigan protokollar, dasturiy konfiguratsiyalangan tarmoqlar va IoT o‘rtasidagi bog‘liqlik, 5-avlod Mobil aloqa tarmog‘i texnologiyalari bo‘yicha nazariy bilimlar berilmoqda. Talabalar amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari davomida IoT ilovalari va qurilmalarini ishlab chiqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.
TATU talabalar Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida joylashgan Mediasentr va universitet tarix Muzeyi bilan tanishtirildi.
O‘quv kurslari davomida talabalarning Yandex kompaniyasiga tashriflarini uyushtirilishi rejalashtirilgan.


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Huawei kompaniyasi birgalikda «Kelajak Nihollari» dasturini joriy qildi

Huawei kompaniyasi universitetning ilg‘or hamkorlaridan biri sanaladi va kelishuvga ko‘ra 2017-2020 yillar oralig‘ida iqtidorli talabalar loyihalari, g‘oyalari va ishlanmalari tanlovini o‘tkazilib, g‘oliblar “Huawei” stipendiyasiga taqdim etiladi. Bundan tashqari yaqin besh yil muddat mobaynida, har yili 10 nafar talaba “Huawei” ning Pekin va Shenchjen shaharlarida joylashgan o‘quv markazida AKT va mobil texnologiyalari yo‘nalishida ikki xaftalik kurslarida qatnashib tajriba almashib keladi.

Bundan tashqari “Huawei” kompaniyasi mutaxassislari va universitet trenerlari tomonidan HAINA (Huawei Authorized Information and Network Academy) o‘quv markazida 200 nafar talabalar uchun sertifikatlangan o‘quv kurslarini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur o‘quv laboratoriyasi zamonaviy tarmoqlarini qurish va boshqarish, tarmoq xavfsizligini ta’minlash qurilmalari va ta’lim texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, zamonaviy tarmoq texnologiyalari bo‘yicha o‘quv kurslari (IP tarmoq, Tarmoq xavfsizligi) va o‘quv materiallari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari kurslarni bitirgan iste’dodli talabalar “Huawei” kompaniyasi qurilmalari va texnologiyalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi ko‘zda tutilgan.

Hamkorlik tadbirlari kompaniya va universitet o‘rtasida ko‘p yillardan beri davom etib kelmoqda. Jumladan, “Huawei tech. Invesment Tashkent” kompaniyasi va TATU o‘rtasidagi shartnomaga binoan 2012 yildan buyon “Huawei” kompaniyasi tomonidan universitetda faol hizmat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar uchun rag‘batlantirish stipendiyasi joriy etilgan.

2017 yil 1-24 fevral kunlari “Huawei” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining 4 nafar professor-o‘qituvchilari va 16 nafar talabalari uchun “Marshrutizatsiya va kommutatsiya” mavzuida o‘quv-trening kursi tashkil etildi va kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikatlar taqdim etildi. 2017 yil 23 mart – 8 aprel kunlari 2 – guruhda 20 nafar talabalar o‘quv-trening kursida ishtirok etdi. Ushbu kurslarni tamomlagan 10 nafar talabalar Xuavey kompaniyasida Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun tanlab olindi.

2017 yil 1-17 may kunlari “Huawei” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak nihollari” (“The Seeds for the Future”) dasturida ishtirok etish uchun 9 nafar talaba va 1 nafar professor-o‘qituvchi kompaniyaning Xitoyda joylashgan qarorgohi va o‘quv markaziga malaka oshirish safariga yuborildi. Safar davomida universitetning 4 nafar talabasi Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Buyuk Ipak Yo‘li” konsepsiyasidagi “Bir Mintaqa – Bir Yo'l” nomini olgan xalqaro forumda ishtirok etdi.

 

«Seeds for the future» dasturi bo'yicha talabalar amaliyot darslarini boshlashdi

Pekin, Xitoy. 2017 yilning 28 aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari, “Huawei” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “Seeds for the Future”, ya’ni “Kelajak nihollari” dasturi bo‘yicha ikki haftalik o‘quv kurslarida ishtirok etishadi.
Mazkur kurslardan maqsad, O‘zbekistonlik yosh iqtidorli talabalarga axborot kommunikatsion texnologiyalari, mobil internet aloqasi, kiber xavfsizlik, telekommunikatsion muxandislik yo‘nalishlarida dunyoda keng qo‘llanilayotgan yangiliklar va ishlanmalar bilan tanishtirish.
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti “Huawei” kompaniyasining O‘zbekistondagi yaqin va ishonchli hamkorlaridan hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, kompaniyaning aksariyat muxandis va mutaxassislari aynan shu universitet bitiruvchilari sanaladi.
“Huawei” kompaniyasi universitetning iqtidorli talaba va yosh olimlarini rag‘batlantirish maqsadida yaqindan yordam berib keladi va kelasi 5 yil davomida bunday hamkorlikni yanada oshirishga qaror qilgan. Bejiz, “HAINA” ya’ni Huawei sertifikatlashtirish akademiyasi aynan shu universitet qoshida ochilmadi. “Kelajak nihollari” dasturida TATU talabalari ikkinchi bor ishtirok etmoqdalar.
“Huawei” kompaniyasining bosh direktori janob Van Pen so‘zlaricha, “Kompaniyaning, O‘zbekistonda AKT sohasida yetishib chiqayotgan professional kadrlar salohiyatiga o‘z hissasini qo‘sha bilishi - katta ma’suliyat deganidir. Kelajakda aynan shu mamlakat, butun mintaqada telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari markaziga aylanishi mumkin, buning uchun O‘zbekistonda katta salohiyat va imkoniyat mavjud”.
“Seeds for the Future”, ya’ni “Kelajak nihollari” dasturi, joriy yilning 1 – 12 may davomida Xitoyning Pekin va Shenchjen shaharlarida o‘tishi rejalangan. Mazkur loyihada ishtirok etish uchun universitetning 10 nafar talabasi, ikki bosqichli tanlov asosida saralab olingan. Dastur davomida, talabalar «cloud-computing» (bulutli texnologiyalar asosida), mobil tarmoq xizmatlari, telekommunikatsiya taromoqlarini rivojlantirish, internet jihozlari (IoT),4G stansiyasi, 5G tarmog‘i istiqbollari, xitoy tili asoslari, madaniyati, tarixiy obidalari kabi mavzularda ham nazariy ham amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari ta’kidlab o‘tish joizki, safar davomida universitetning talabalari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “Buyuk Ipak Yo‘li” konsepsiyasidagi “Bir Mintaqa – Bir Yo'l” nomini olgan xalqaro sammitda ishtirok etishi belgilangan. Mazkur tadbirda o‘zbekistonlik talabalar “Kelajak nihollari” dasturi istiqbollari borasida, o‘zlari mualliflik qilgan video-prezentatsiya bilan chiqib, yuqori martabali mexmonlarni mamlakatimizda yoshlar ta’limi borasida qiziqtirgan savollariga javob berishga harakat qilishadi. “Bir Mintaqa – Bir Yo'l” sammiti, mazkur yilning 14 may kuni, Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadi.

Huawei kompaniyasi haqida
Huawei 1987 yilda tashklil etilgan bo’lib hususiy kompaniya sifatida faoliyat yuritadi va butunlay o’z xodimlariga tegishli (asosiy aksiyadorlar kompaniya xodimlari). 2016 yilda Huawei kompaniyasi Interbrand’s reytingida ishtirok etib Top 100 Best Global Brand ro’yxatiga kiritildi, ya’ni dunyoning eng zo’r 100 brendi orasida e’tirof etildi. Bugungi kunda Huawei kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarish borasida dunyoning eng yetakchi uch kompaniyasi qatoriga kiradi.