Tashkiliy qo'mita qarori bilan marafonning 2-bosqichi joriy 26-may 19:00-21:00 da online hamda 29-may kuni 10:00-17:00 orasida offline TATU da bo’lib o'tadi. Diqqat: 2-bosqichga faqat Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarining 1 va 2-bosqich talabalari yakka tartibda qatnashishlari mumkin.
Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, universitet atestatsiya va akkreditatsiya jarayonidan o'tkazilayotganligi sababli yakuniy nazorat imtihonlari ma'lum bir muddatga suriladi. Aniq muddat hali noma'lumligi uchun sizning profilingizda yakuniy nazorat vaqtlari vaqtincha 30-may sanasiga qo'yildi.
Chet tillar kafedrasining 2021-2022 o’quv yilida “Yoshlar o’rtasida xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan forum, konferensiya, ko’ngilochar tadbirlar va seminar traininglar tashkil etish” buyicha ishlab chiqqan yo’l xaritasiga muvofiq aprel oyida “Why it is important to learn foreign languages” nomli videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.
2022-yil 17-may 15:00 dan 18:00 gacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU katta majlislar zalida Belorussiya Davlat informatika va radioelektronika universiteti vakillari bilan TАTU-BDIRU qoʼshma axborot texnologiyalari fakultetining 1 va 2 bosqich talabalari (xohishiga koʼra ularning ota-onalari) bilan uchrashuv boʼlib oʼtadi. Uchrashuvda siz va ota-onangizni Belarus Respublikasida oʼqishni davom ettirishning tashkiliy masalalari boʼyicha qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati boʼladi