Tomonlar dastlab amaliy doirada uchrashib, KOICA agentligi grant mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning amalga oshirilish bosqichlari va qilinadigan ishlar haqida muhokama o‘tkazdilar. So'ngra mehmonlarga KOOKMIN universitetida ta’lim va tadqiqotlarni amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, innovatsiya va ishlab chiqarish zonalari tanishtirildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini intellektual salohiyati, huquqiy va ma’naviy savodxonligi, zukkoligi va epchilligini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Balli yigitlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Chet tillar kafedrasining 2021-2022 o’quv yilida “Yoshlar o’rtasida xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan forum, konferensiya, ko’ngilochar tadbirlar va seminar treninglar tashkil etish” bo'yicha ishlab chiqqan yo’l xaritasiga muvofiq aprel oyida “Why it is important to learn foreign languages” nomli videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.
Muhokamalar chog'ida har ikki universitet rahbarlari masofaviy ta'lim texnologiyalarini joriy etish va bu yo'nalishda hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari haqida gapirib o'tdilar. Xususan, masofaviy ta'lim asosida qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish, sendvich hamda frenchayzing dasturlarini yo'lga qo'yish takliflari ham ilgari surildi.
Mazkur konferensiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov “Sud va huquqni muhofaza qilish organlari uchun AKT sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida ma’ruza va taqdimot bilan ishtirok etdi.
Yig‘ilganlar spektaklni maroq bilan tomosha qildilar. Har bir talaba o‘z rolini maromiga yetkazib ijro etdi. Spektakl mavzusining to‘g‘ri tanlanganligi, dolzarbligi, talabalarning professional san’atkorlar kabi mohirona ijrosi, ularning iqtidori barchada katta taassurot uyg‘otdi.